Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Abbos Fayzullayev assistni amalga oshirgan o‘yinda SSKA g‘alaba qozondi (video)

Abbos Fayzullayev assistni amalga oshirgan o‘yinda SSKA g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -

SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev Rossiya chempionatining 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Krasnodar"ga qarshi o‘yinda (1:0) jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi. U qanotda bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga uzatma berdi. Fyodor Chalov esa bir himoyachini chalg‘itib, kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘zbekistonlik futbolchi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— SSKA bugun nimaning evaziga "Krasnodar"ni mag‘lub etdi?
— O‘ylashimcha, jamoaviy ruh evaziga. Muxlislarni quvontirish uchun oxirigacha o‘ynadik. Buni uddaladik.

— O‘yinning oxirgi qismi qanchalik og‘ir bo‘ldi?
— So‘nggi daqiqalar hamisha og‘ir bo‘ladi, raqib xavfli vaziyatlar yuzaga keltiradi, ammo barcha futbolchilar bor kuchi bilan harakat qildi. Ularga rahmat. Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilamiz. Bugun liderni mag‘lub etdik. Bu esa bizga ishonch beradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:36, 30.10.2023.
O'qildi: 10601 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик