Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/10 00:45 Atalanta 2-0 Monsa
31/10 00:45 Yuventus 2-2 Parma
31/10 18:15 Paxtakor 3-1 Andijon
31/10 22:30 Jenoa 0-1 Fiorentina
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
01/11 16:00 Lokomotiv - Nasaf
01/11 18:15 So‘g‘diyona - Surxon
02/11 01:00 Alaves - Malyorka
02/11 15:00 Olimpik - Navbahor
02/11 17:15 Qizilqum - Dinamo
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas

Penalti bo‘yicha chin mutaxassis

Penalti bo‘yicha chin mutaxassis

Baho:
+ | -

Oleg Baklov Rossiya kubogi-2023|2024ning 2ta penaltilar seriyasida 8ta zarba, 6ta «seyv», -1ta gol

«Ufa» darvozaboni Oleg Baklov Rossiya kubogining yangi mavsumida chinakam superqahramonga aylanmoqda. Diqqat qiling, u «Nosta» va «Volga» klublariga qarshi kechgan o‘yinlardan keyingi penaltilar seriyasida 8ta zarbadan 6tasini yo‘qqa chiqardi. Qolaversa, ushbu seriyalarda uning darvozasi atigi 1 marta ishg‘ol etildi.

Musobaqaning 1|64 finalida «Ufa»ga qarshi maydonga tushgan Ulyanovskning «Volga» klubi asosiy vaqtda 0:0 hisobini saqlab qoldi. Penaltilar seriyasida esa Oleg Baklov tanho hukmronlikni qo‘lga oldi. «Ufa» kiperi avvaliga chap va o‘ng tomonga tepilgan to‘pni qaytardi, raqibning uchinchi urinishida to‘p darvoza to‘siniga tegdi. To‘rtinchi zarbani esa yana Oleg bartaraf etdi. 4ta urinishdan keyin, hisob - 2:0! Seriyada 3ta penalti to‘sgan darvozabon - doimo qahramon. Xo‘sh, u qatorasiga 2 marta shunday natijaga erishsa-chi? Ha, Baklov avvalgi raundda ham «nuqta»dan yo‘llangan 3ta zarba yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgandi! Qatorasiga 2 marta qahramon! Aniqroq aytsak, «Ufa» avgust oyi oxirida «Nosta» bilan o‘ynagan va asosiy vaqtda hisobni ocholmagandi. O‘shanda raqibning birinchi zarbasini oyoqlari yordamida yo‘qqa chiqargan Oleg keyin o‘ng va chap qanotga yo‘llangan to‘pni qaytargandi.

Endi hisoblab chiqaylik: jami 8ta 11 metrli jarima zarbasidan 6tasi Baklov «o‘lja»siga aylandi, 1tasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegdi va atigi 1ta urinish gol bilan yakunlandi. Oddiy aytganda, Oleg «duel»da faqat «Nosta» himoyachisi Nikita Morgunov oldida ojiz qoldi, xolos. Kiper shunda ham to‘p yo‘nalishini to‘g‘ri topdi, lekin zarba o‘ta kuchli chiqqan va burchakka yo‘naltirilgandi. Xullas, Baklov - superqahramon! Avgust oyida «Ufa»ning eng yaxshi futbolchisi maqomiga aynan shu darvozabon sazovor bo‘lganida ajablanadigan tomoni yo‘q - 62 foiz muxlis unga ovoz berdi. 

O‘zi Oleg Baklov kim? «Ural»­ning zaxira darvozaboni, Regionlar yo‘li finali ishtirokchisi. 28 yoshli posbon faoliyatini «Sizran»da boshlagan, keyin «Krilya Sovetov» yoshlar jamoasida o‘ynagan. Shundan so‘ng bir mavsum «Ural» ixtiyorida bo‘lgan. Yekaterinburgliklar mavsum-2018|2019da Rossiya kubogi finaliga chiqishgan va yakunda «Lokomotiv»ga imkoniyatni boy berishgandi. To‘g‘ri, Baklov o‘shanda faqat 1|16 finaldan o‘rin olgan «Nefteximik»ka qarshi bahs- (3:2)da maydonga tushgandi.

Darvozabon RPLdagi debyu­tini esa 2019 yilning kuzida birdaniga top-klubga qarshi bahsda nishonladi. E’tiborlisi, «Ural» Baklovning ilk o‘yinida «Spartak»ni 2:1 hisobida yengdi va debyutant darvozabonlar murabbiyi Andrey Shpilyovdan alohida maqtov oldi: «Oleg o‘ta ishonchli harakatlandi, yuqoridan uzatilgan barcha to‘plarni egallab oldi. Natijada «Spartak» hattoki, qanotlardan jarima maydoniga to‘p uzatish usulidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ya’ni uzatmalardan naf chiqavermagach, raqib bosh­qacha yo‘llarni qidirishga tushdi...». «Ural» keyingi bahslarda SSKA va «Zenit»dan 6ta (3tadan) gol qabul qildi, Baklov esa faqat Fyodor Chalovning «nuqta»dan yo‘llagan zarbasini bartaraf etgani bilan e’tibor qozondi. Aytgancha, u bunga qadar o‘yinlar davomida yuzaga kelgan 7ta «duel»­da ham ojiz qolgandi. Baklov 2020 yilning yozida tizzasidan jarohatlanib, yarim yilga safdan chiqdi. 2021|22 yillar mavsumi esa «KAMAZ»ga yo‘l oldi, lekin yana tizza jarohati tufayli 1,5 yil maydonga tusholmadi. Oleg shu tariqa uzoq tanaffus oldi va kubok turniri Regionlar yo‘li finalida maydonga qaytdi. Ha, «Ural» joriy yil may oyida «Krasnodar»ga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda kubokni raqibga berib qo‘ydi. Yakunda shartnoma muddati nihoyasiga yetgan kiper jamoa bilan xayrlashdi. Mana, Baklov endi «Ufa»da va birdaniga «penaltilar kushandasi»ga aylandi-qoldi. Uning klubi esa quyi divizionda ancha kam gol qo‘yib yuborayotgan bo‘lsada, hozircha umumiy natijalari bilan maqtanolmaydi aslo.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 30.10.2023.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.