Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi «Barselona» rahbariyatida ish boshlashi mumkin

Messi «Barselona» rahbariyatida ish boshlashi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Inter Mayami»da o‘ynayotgan Lionel Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Kataloniya klubida ishlashni istamoqda.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, 36 yoshli argentinalik kelajakda «Barselona»ning yangi sport direktori bo‘lish istagini bildirgan.

Shu bilan birga, manbaning qayd etishicha, agar Messiga Argentina terma jamoasining texnik direktori bo‘lish taklifi tushsa, u terma jamoa foydasiga tanlov qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi ovoz berishda «Manchester Siti» forvardi Erling Xoland va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirib, sakkizinchi marta «Oltin to‘p» sohibiga aylangandi.

Kiritildi: 18:00, 31.10.2023.
O'qildi: 3238 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик