"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ukrainalik vinger Mixail Mudrikning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.
Avvalroq ukrainalik futbolchi "Brentford" bilan so‘nggi o‘yin oldidan olgan jarohatidan tiklanishda davom etayotgani ma’lum bo‘lgandi - uning mushaklari shikastlangan.
"Ehtimol, Mudrik "Tottenxem"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lar" - dedi Pochettino matbuot anjumanlarida.
London derbisi 6 noyabr dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 1 noyabr kuni "Chelsi" Liga kubogi 1/8 finalida “Blekbern” bilan o‘ynaydi.
Joriy mavsumda Mudrik “Chelsi” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.