Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" futbolchisining xizmatlari "Real"ga taklif qilindi

"Manchester Siti" futbolchisining xizmatlari "Real"ga taklif qilindi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning tayanch yarim himoyachisi Kelvin Fillipsning vakillari "Real" bilan bog‘lanib, unga futbolchi bilan shartnoma imzolashni taklif qilishdi, deya xabar bermoqda Defensa Central nashri.

Qayd etilishicha, Madridning pozisiyasi aniq - ular bu variantni ko‘rib chiqmayaptilar, bu ularga qiziq emas.

"Manchester Siti" esa Fillipsga umid qilmayapti.

Avvalroq, "shaharliklar" 27 yoshli angliyalik futbolchi uchun 50 million funt sterling narx belgilagan edi. Manchester klubi 2022 yilning yozida Fillipsni 42 million funt sterlingga "Lids"dan sotib olgandi.

Futbolchi o‘tgan mavsumning bir qismini jarohati tufayli o‘tkazib yubordi, shuning uchun u jami atigi 593 daqiqa o‘ynadi.

Kiritildi: 21:35, 31.10.2023.
O'qildi: 2573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.