Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Galatasaroy" futbolchisi ortiqcha vazn tufayli tarkibdan chetlatildi

"Galatasaroy" futbolchisi ortiqcha vazn tufayli tarkibdan chetlatildi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy"da ijara asosida o‘ynayotgan Angliyaning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Tanguy Ndombele ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar tufayli turk klubidan chetlatildi. Bu haqda Fotospor xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Chempionlar ligasi guruh bosqichining "Bavariya" bilan o‘yinidan (1:3) so‘ng yarim himoyachi mehmonxonada gamburger, kartoshka va kola buyurtma qilgan. O‘sha paytda yarim tun edi. "Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk buyurtmadan xabar topdi va fransuz 75 kilogrammgacha vazn yo‘qotmaguncha va tanadagi yog‘ darajasini qoniqarli darajaga keltirmaguncha maydonga tushmasligini aytib, Ndombeleni tanqid qildi.

Qayd etilishicha, 1,5 oy ichida 2-3 kilogrammga ozgan 26 yoshli futbolchi klub bazasida o‘zi uchun maxsus tayyorlangan taomlarni iste’mol qilgan, uyga qaytishi bilan esa nosog‘lom taomlar iste’mol qilgan.

"Galatasaroy" uchun yarim himoyachi barcha musobaqalarda yettita o‘yinda qatnashdi.

Kiritildi: 08:37, 01.11.2023.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик