Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Alaves - Valyadolid
19/10 16:30 Tottenhem - Vest Xem
19/10 17:00 Atletik Bilbao - Espanyol
19/10 18:00 Komo - Parma
19/10 18:00 Jenoa - Bolonya
19/10 19:00 Fulhem - Aston Villa
19/10 19:00 Ipsvich - Everton
19/10 19:00 Man. Yunayted - Brentford
19/10 19:00 Nyukasl - Brayton
19/10 19:00 Sautgempton - Lester
19/10 19:15 Osasuna - Betis
19/10 21:00 Milan - Udineze
19/10 21:30 Jirona - Real Sosyedad
19/10 21:30 Bornmut - Arsenal
19/10 23:45 Yuventus - Lasio
20/10 00:00 Selta - Real Madrid

Italiyalik rus o‘g‘loni, faqat...

Italiyalik rus o‘g‘loni, faqat...

Baho:
+ | -

«Lasio» darvozaboni Ivan Provedel CHL 1-turida o‘yin holatidan urgan goli bilan ovoza bo‘lgandi.

Bu haqda yetarlicha gapirildi va yozildi ham. Ana shu kiper shundan keyin Rossiya milliy jamoasi taklifini yana bir marta rad etdi. Vaholanki, unda Italiya milliy jamoasi tarkibiga kirish imkoniyati nisbatan past. Qolaversa, Ivanda Rossiyaga bog‘liq jihatlar yetarli. Sports.ru saytining quyidagi maqolasi shu haqda.

*** 

Ivan Provedel kattaligi jihatidan Friuli regioni (Italiya)ning 4-shahri sanalgan Pordenoneda tug‘ilgan. Onasi Yelena u yerga Rossiyadan ko‘chib borgan. Otasi Pyer Paolo Provedel - Italiya fuqarosi. Mahoratli darvozabon Rossiyaga ko‘p marta tashrif buyurgan: har yil yozda onasi bilan Moskva viloyatida yashaydigan buvisini yo‘qlashga odatlangan. «Onam - rus ayoli, u Moskvada tug‘ilgan, otam esa italiyalik. O‘zim rus tilini yaxshi bilaman, tushunaman, lekin inglizchada muloqot qilishim qulayroq. Chunki bu tildan ko‘p foydalanaman. Rus tilida esa ayrim holatlarda, faqat oilamiz a’zolari bilan gaplashaman. Masalan, bolaligimda buvim bilan bemalol so‘zlashardim. O‘shanda u Pordenoneda biz bilan yashagan va italyan tilini bilmasdi. Keyinchalik buvim Mos­kvaga qaytdi, men esa «Udineze»ga yo‘l oldim», - degandi «Lasio» darvozaboni rossiyalik jurnalistlar bilan suhbati davomida.

*** 

Ma’lum bo‘lishicha, Ivanning bobosi Lev Yashin bilan yaqindan tanish bo‘lgan ekan. Ehtimolki, Ivanning darvozabon sifatida yuqoriga intilishida shu do‘stlik ta’siri bordir: «Aytishlaricha, bobom Yashinning yaqin do‘sti sanalgan. To‘g‘ri, ularning o‘zaro munosabatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega emasman, lekin bu fakt mohir darvozabonlar qatoriga ko‘tarilishimda o‘ziga xos turtki beradi. Axir Yashindek afsona tarixi har qanday golkiperga ilhom bag‘ishlaydi. Doim onamdan uning bobom bilan munosabati haqida so‘rayman».

*** 

Ivan Provedel 6 yoshli paytiyoq darvozabonlik san’atiga mehr qo‘ygan. O‘shanda u Franchesko Toldoning Yevro-2000 turniridan o‘rin olgan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi yarim final o‘yinida ko‘rsatgan jasoratini tomosha qilgandi. Eslasangiz, afsonaviy kiper o‘yin davomi va penaltilar seriyasidagi qahramonligi evaziga Italiya termasini finalga olib chiqish asnosida o‘z muxlislari sonini keskin ko‘paytirgandi. Jumladan, Ivan qalbini ham rom etgan... «Toldo tufayli menda darvozabonlikni tanlash orzusi barq urgandi. O‘smirlik davri meni hujum chizig‘iga tushirganlarida, qat’iy ohangda gapirganim esimda: «Yo‘q, darvozada turaman, aks holda, futboldan ketaman». Shunda murabbiylar amplua tanlashda kechikkanim, darvozabon sifatida muvaffaqiyatga erisholmasligimni aytgandilar. Ismlarini oshkor qilmayman, o‘zlari bilishadi. Muhimi, o‘z bilganimdan qolmadim,  darvozada turishdan boshqasiga ko‘nmadim. Chunki «seyv» ko‘rsatish jonu-dilim. Ha, gol urish ham zavqli, lekin «seyv»lardan ko‘proq lazzatlanaman», - deydi Ivan.

*** 

Aslida Provedelning Rossiyaga munosabati yaxshi. Deylik, imkon topilishi bilan Moskvaga safar qiladi. Qolaversa, o‘g‘liga ruscha ism qo‘ygan - Aleksandr. Ivan hozirga qadar Italiya milliy termasiga jalb etilmadi, lekin chorlov olishdan umidvor. Unda Rossiya milliy jamoasini tanlash imkoniyati esa kattaroq, baribir. Xususan, Rossiya fuqaroligini olishi muammo tug‘dirmaydi. Qolaversa, rus tilini qunt bilan o‘rganmoqda. Ammo... «Butun bolaligim Italiyada o‘tdi, Moskvaga esa ancha ulg‘aygan payt, buvimdan xabar olish uchun borganman. U menga rus tilini o‘rgatgan damlarni zavq bilan yodga olaman. Aytishim kerak, buvim meni barcha rus taomlari bilan siylagan. Ayniqsa, go‘shtli gulyash mazasi og‘zimda saqlanib qolgan. To‘g‘ri, men uchun shoh taom - bu blinchik. Buvim asosan seshanba tongida blinchik tayyorlardi. Lekin ularni har kuni, nonushta, tushlik va kechki taomda tanovul qilishga tayyor turardim. Xullas, Italiyada tug‘ilgan bo‘lsamda, 50 foizga italyan, 50 foizga rusman» - bu Provedelning Rossiyaga umumiy qarashi. 

*** 

Ivan Provedel boshida hujumchi sifatida shug‘ullangan. Qolaversa, yoshlar miqyosida juda ko‘p gol urgan. Shuning uchun ham, Ivan darvozabonlikni ixtiyor etganida, murabbiylar bunga qarshilik ko‘rsatishgan, futbolda faqat hujumchi rolida shuhrat qozonishi mumkinligini tushuntirishga urinishgan: «Nima uchun darvozada turishimga qat’iy qarshilik ko‘rsatishganini bilmayman. Bilganim shuki, oldingi chiziqda ham anoyi emasdim! Faqat 15 yoshga to‘lganimda hujumchi rolidan to‘liq qoniqmayotganimni tushundim. Avvaliga o‘zimni kichikroq jamoa darvozasida sinab ko‘rishga ahd qildim. Shu tariqa «Udineze» e’tiborini qozondim va chinakam darvozabonga aylandim».

*** 

Ivan Provedel katta futboldagi faoliya­tida darvozabon rolida 2ta gol urgan. Asli rus yigiti dastlabki golini 2020 yilning fevralida nishonlagandi. U o‘shanda «V» seriya ishtirokchisi «Yuve Stabiya» safida o‘zini ko‘rsatgan. Eng qiziq tomoni, Ivan o‘sha golni ham o‘yinning 95-daqiqasida bosh bilan yo‘llangan zarba vositasida urgandi. «Lasio» kiperi gol vaziyatini tez-tez yodga oladi: «Ha, xotiraga muhrlangan o‘yin. Ehtimol, o‘shanda vaqtida hujumchi rolida shug‘ullanganim qo‘l kelgandir. Jamoamiz mag‘lubiyatga uchrayotgani tufayli gol juda zarur edi. Xullas, mag‘lubiyatdan qochishga hissa qo‘shish umidida raqib jarima maydoni tomon talpindim. Qarangki, jarima zarbasini amalga oshirgan klubdoshim to‘pni aynan men tomon yo‘lladi. Aslida bunday vaziyatda gol urish juda qiyin, muhimi, omadim chopib, to‘g‘ri harakatlandim. Bu - qandaydir mo‘’jiza! Agar shunday zarbani takrorlash nasib etsa, zo‘r bo‘lardi». Mana, Provedelning so‘nggi iborasi daholarga xos bashorat maqomini oldi. Axir u «Atletiko»ga qarshi CHL o‘yinining 90+5-daqiqasida gol urib, «Lasio»ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:36, 01.11.2023.
O'qildi: 1630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.