Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Martines: "Messi va Ronaldu faoliyatini tugatgach, Mbappe ularning yo‘lidan boradi va ko‘plab "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi"

Martines: "Messi va Ronaldu faoliyatini tugatgach, Mbappe ularning yo‘lidan boradi va ko‘plab "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi"

Baho:
+ | -

"Aston Villa" va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Oltin to‘p-2023" natijalaridan so‘ng "PSJ"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappeni maqtadi.

Lionel Messi 8-marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Mbappe ovoz berishda argentinalik hujumchi va Erling Xolanddan keyin 3-o‘rinni egalladi.

"Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb hisoblashlari bejiz emas. Men uni futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham juda hurmat qilaman.

Kilian - namuna. U fenomenal. Jahon chempionatida g‘olib chiqdi, keyingi jahon chempionatida finalga chiqdi va xet-trik qayd etdi... U kabi futbolchi bilan barcha fransuzlar faxrlanishi kerak. Leo va Ronaldu faoliyatini tugatgach, Kilian ularning yo‘lidan boradi va ko‘plab "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi", — dedi Martines L’Equipe nashriga.

Kiritildi: 17:35, 02.11.2023.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик