Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Bunyodkor» - «Neftchi» o‘yinida chetlatishlar bo‘yicha tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari e’lon qilindi

«Bunyodkor» - «Neftchi» o‘yinida chetlatishlar bo‘yicha tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 27-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyorjon Turopovga (Neftchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 81-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Sh. Abdurahmonov ikkinchi sariq, qizil kartochka olgandan so‘ng boshi bilan bosh haqamning yuz qismiga zarba bermoqchi bo‘lgan va tajovuzkor harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shoxrux Abdurahmonovga (Bunyodkor) jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so‘ng uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani hamda maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgani bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan. Shuningdek, uchrashuvga oid videoyozuv va boshqa ma’lumotlar tahlil qilinganda mezbon jamoa sifatida “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining ta’minlanishi yetarlicha tashkil etilmagani aniqlandi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan o‘z muxlislari tomonidan salbiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olinmagani uchun O‘FA Intizom kodeksining 5.34-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining ta’minlanishi yetarlicha tashkil etilmagani uchun O‘FA Intizom kodeksining 5.9-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 14-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi A. Bo‘riyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdurauf Bo‘riyevga (Olimpik) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik”—“Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 77-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi A. Shulaiaga uchrashuv bosh hakami tomonidan berilgan birinchi va ikkinchi sariq kartochka, qizil kartochka bo‘yicha vaziyat O‘zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi bilan Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan deb topilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Olimpik”— “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki Shulaiaga mazkur uchrashuvda ko‘rsatilgan barcha kartochkalar O‘FA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

“Andijon” — OKMK

Superliganing 23-turi doirasidagi “Andijon” — OKMK uchrashuvida, “Andijon” futbol klubi muxlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so‘ng uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani hamda turli xil buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlardan biri yordamchi hakamga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga
“Yunired” — “Aral”

Pro liganing 22-turi doirasidagi “Yunired” — “Aral” uchrashuvining 70-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi D. Nizanov to‘psiz vaziyatda boshi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Damir Nizanovga (Aral) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor farm” — “Lokomotiv

Pro liganing 22-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Lokomotiv” uchrashuvining 45-daqiqasida “Navbahor farm ” jamoasi muxlislari tomonidan raqib jamoa futbolchilari va uchrashuv rasmiylarining sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilib, o‘zlarini tajovuzkor tutganligi, natijada uchrashuv komissari uchrashuvni 2 daqiqaga to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchilik Kubogi
“Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi”

Birinchilik Kubogining 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi” uchrashuvining 16-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” jamoasi futbolchisi Sh. Qodirov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘pig‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherzod Qodirovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi”

Birinchi liga Kubogining 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi” uchrashuvining 23-daqiqasida “Yangiyer quruvchi” jamoasi futbolchisi T. Omonov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘pig‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Turdimurod Omonovga (Yangiyer quruvchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Nasaf U21” — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Metallurg U21” uchrashuvining 28-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi S. Buronov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sarvar Buronovga (Nasaf U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U21” — “Navbahor U21”

U21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 40-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi A. Abdurazzoqov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abrorjon Abdurazzoqovga (Navbahor U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Olimpik U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 73-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi A. Muzaffarov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Akmaljon Muzaffarovga (Qizilqum U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi
OKMK W — “So‘g‘diyona W”

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining yarim-final bosqichi doirasidagi OKMK W — “So‘g‘diyona W” uchrashuvining 79-daqiqasida “So‘g‘diyona W” jamoasi futbolchisi D. Xabibullayeva to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyora Xabibullayevaga (So‘g‘diyona W) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:55, 02.11.2023.
O'qildi: 2408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.