Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

Superliga. «Metallurg» – «Surxon», prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Surxon», prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasining 24-turi doirasida "Metallurg" o‘z maydonida "Surxon" klubini qabul qiladi. Uchrashuv 4 noyabr kuni 16:00 da boshlanadi.

Ushbu jamoalar kuchlilar safida bugungacha 23 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ustunlik “Metallurg” jamoasi tomonida. Bekobodliklar 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 5 bahsda termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 25:19.

Bekobodda kechgan 11 uchrashuvda “Metallurg” katta ustunlikka ega. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Yana 1 ta uchrashuvda omad “Surxon” jamoasiga kulib boqqan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 15:4, “Metallurg” foydasiga.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

16.03.2022  “Metallurg” – “Surxon” – 0:0
07.08.2021  “Metallurg” – “Surxon” – 0:1
29.11.2020  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
30.11.2019  “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
18.09.2004  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0

“Surxon” haqida

“Surxon” jamoasiga 1968 yilda asos solingan. Dastlabki yili “Chegarachi” nomi bilan qatnashgan klub keyingi to‘rtta mavsumda “Avtomobilist” nomini oldi. 1974 yilgi musobaqada “Spartak” nomida qatnashgan termizliklar keyin yana to‘qqiz mavsum – 1975-1983 yillar davomida “Avtomobilist” nomiga murojaat etishgan. 1984-1993 yillarda “Surxon”, 1994-1996 yillarda ASK, 1997-2008 yillarda “Surxon”, 2009-2010 yillarda “Dinamo-Hisor”, 2010-2011 yillarda “Termiz” nomlari ostida musobaqalarda ishtirok etib keldi. 2012 yildan jamoa yana o‘zining qadrdon nomi – “Surxon”ni tikladi va bugungi kunga qadar ushbu nom ostida o‘ynab kelmoqda.

Jamoa kuchlilar safida bugunga qadar roppa rosa 500 ta o‘yin o‘tkazdi. Janubliklar shulardan 145 tasida g‘alaba qozongan, 96 ta o‘yinda durang o‘ynagan, 259 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. To‘plar farqi – 569:912.

“Surxon”ning elitadagi eng yirik g‘alabasi – 8:0 (“Afrosiyob”, 1997 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:10 (“So‘g‘diyona”, 1992).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:41, 03.11.2023.
O'qildi: 1164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик