Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Futbolchi yangi jamoasiga qo‘shilib ketishi uchun muhim jihatlar

Futbolchi yangi jamoasiga qo‘shilib ketishi uchun muhim jihatlar

Baho:
+ | -

Jek Grilish o‘zining "Manchester Siti"dagi dastlabki mavsumida barcha musobaqalarda 31 o‘yinda asosiy tarkibda tushdi. 58 o‘yindan 31 ta. 50 foizdan sal ortiqroq. Ha, Gvardiola rotasiyani yaxshi ko‘radi, lekin gap faqat unda emas, 100 million yevroga sotib olingan futbolchi har qanday holatda ko‘proq o‘ynashi kerak va uchtadan ko‘proq gol urish kerak, to‘g‘rimi?

Ammo bu yerda muhim jihat shundaki, bu statistika na Grilishga, na Pepga, na jamoaga bosim yukladi, “Siti” sovrinlar uchun kurashni, Grilish yangi sheriklariga, yangi talablarga moslashishda davom etaverdi. Ikkinchi mavsumda ko‘proq o‘ynadi, jamoaga ko‘proq ta’sir qila boshladi, hozir esa, uchinchi yilga kelib, Pepning ishongan ijrochilaridan biri. Hozir Nunyez yaxshi pulga olib kelindi, ammo APL da faqat bir o‘yinda asosiyda tushdi xolos. Hech kim savol ham bermaydi, to “Manchester Siti” qatorasiga yutqazishni boshlamaguncha. Filips kabi umuman yillab maydonga tushmasligi mumkin, zarari yo‘q, jamoa sovrinlar yutib tursa yetarli.

Yaxshi transferlar jamoani kuchaytiradi, bu haqiqat, ammo aksi ham to‘g‘ri, jamoa qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsa, transferlarga bo‘lgan munosabat, yangi futbolchilarning muhitga moslashishi shunchalik oson kechadi ham. Hech kim bir futbolchi uchun qancha pul sarflaganini o‘ylab o‘tirmaydi, har bir yangi transferdan qutqaruvchilik, qahramonlik kutilmaydi.

Aytaylik, Meyson Maunt kelganiga 3 oy bo‘ldi va buning yarmini jarohatda o‘tkazdi. Ammo nafaqat muxlislar, taniqli mutaxassislar ham bu transferning omadsiz chiqqani, tushunarsiz ekani haqida bong urmoqdalar, ammo qiziq, “Yunayted”ning qaysi futbolchisi yaxshi o‘ynayaptiki, Maunt bir oydayoq o‘zining foydali ekanini isbotlasin. Hatto o‘tgan yilning yetakchi futbolchilari Kazemiro, Reshford yoki Bruno, tasavvur qiling, shu yozda olib kelinib, hozir ko‘rsatayotgan o‘yinini namoyish qilganida, transferning xato bo‘lganini aytib o‘tirmasmidik? Kay Xavers haqidayam savollar ko‘p yangradi, ammo “Arsenal” sal o‘ziga kelib, o‘tgan yilgi o‘yiniga yaqinlashdi hamki, bu haqida kamroq gapirilmoqda.

Meddisonchi? Kelishi bilan zo‘r o‘ynab ketdi-ku? Masala ham shunda, “Tottenhem”ning o‘zi ham, butun jamoa yaxshi o‘ynayapti. Agar Meddison o‘z o‘yini bilan jamoani shunday o‘ynashga asosiy sabab deb hisoblasak ham, har bir transferdan shunday ta’sir kuta olmaymiz-ku, masalan.

Yechim shu. Biror transfer muvaffaqiyatli chiqish uchun ma’lum futbolchini tanlash, topish, muzokaralar o‘tkazish va xaridni amalga oshirish yetarli bo‘lmaydi. Ba’zida, kelayotgan futbolchi kuchaytirish mumkin bo‘lgan tayanch – shakllantirilgan o‘yin, muvaffaqiyatli natijalar, ushbu futbolchisiz ham yaxshi ishlab turadigan tizim ham bo‘lishi kerakki, yangi futbolchi eng maqbul pallada jamoaga qo‘shilib keta olsin.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 09:01, 03.11.2023.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.