Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyundogan Liga 1ga o‘tishi mumkin

Gyundogan Liga 1ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Huquqlari «Barselona»ga tegishli bo‘lgan 33 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, futbolchini o‘z safiga «PSJ» qo‘shib olmoqchi. Parij klubi ustozi Luis Enrike tajribali yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashning asosiy tashabbuskori hisoblanadi.

Gyundogan o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Barsa» lageriga ko‘chib o‘tgandi. Ilkayning kataloniyaliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Yarim himoyachining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 16:04, 03.11.2023.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик