Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abbosbek Fayzullayev: «Menda yulduzlik kasali bo‘lmaydi»

Abbosbek Fayzullayev: «Menda yulduzlik kasali bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Bobsoccer ekspertiga intervyu berdi. “Daryo” ushbu intervyuni o‘zbek tilida taqdim etadi.

Abbosbek qisqa vaqt ichida “armiyachilar” safida o‘zining maydondagi ajoyib xatti-harakatlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylanishga ulgurdi. Noodatiy harakatlari va ajoyib o‘yin uslubi unga yangi ligaga tez moslashishga imkon beryapti. Fayzullayev bir necha bor RPLda o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

— Oxirgi turlarda sizga nisbatdan qoida buzish holatlari ko‘payganini ko‘ryapmiz. Sizga bo‘lgan e’tibor ortayotganini sezyapsizmi? Raqiblaringizning ehtimoliy provokasiyalariga berilmaslik uchun o‘zingizni qanday tayyorlayapsiz?

— Menga nisbatdan doim ko‘p qoidabuzarliklar bo‘lgan, ayniqsa oyoq qismimga. Bu bolalikdan boshlangan va hozirgacha davom etib kelmoqda. Men bunga tayyorman, deb o‘ylayman. Ha, bu yoqimsiz holat, lekin bu narsalarga xotirjam munosabatda bo‘lish kerakligini bilaman. Bu — futbol, unda hamma g‘alaba qozonishni xohlaydi.

— “SSKA”ning sizga qiziqish bilganidan oldin ham Rossiya chempionatini kuzatib borarmidingiz? Agar sir bo‘lmasa, chempionat haqidagi fikrlaringiz qanday edi?

— Ha, Rossiya futbolini kuzatib borar edim, lekin “SSKA”ga o‘tishimdan oldin klub haqida to‘liq ma’lumotlarga ega emasdim. Bu yerda Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov muvaffaqiyatli to‘p surgan. Asosan ularning o‘yinlarini tomosha qilganman.

— “SSKA” tarkibidagi futbolchilardan kimning o‘yini sizga manzur kelgan?

— Men Igor Akinfeevning harakatlardan zavq olganman. Klubning haqiqiy afsonasi! Ayniqsa, u 2018 yilgi jahon chempionatida Ispaniya bilan bo‘lgan bahsda, penaltilar seriyasida bir nechta zarbalarni qaytarib, Rossiyaning chorak finalga chiqishiga katta hissa qo‘shgan edi.

— Jahon futboli yulduzlaridan kimlarning harakatlaridan ilhomlanasiz? Qaysi klubga muxlislik qilasiz?

— Men bolaligimdan “Barselona”ga muxlislik qilaman. Lionel Messi esa eng sevimli futbolchim. Shuningdek, Filippe Koutinyoning ham o‘yin uslubi yoqadi. “Barselona” sevimli klubim. Men hech qachon “Kamp Nou”da bo‘lmaganman. Kelajakda u yerda o‘ynashni xohlayman va shunga intilaman. Lekin hozir bu haqida gapirishning mavridi emas. Bor e’tiborimni “SSKA”ga qaratmoqdaman va jamoamning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmoqchiman.

— Futboldagi qaysi xislatlaringizni kuchli deb hisoblaysiz? Shu bilan birga kuchsiz tomonlaringizni ham aytib o‘tsangiz.

— Mening kuchli tomonim asosan to‘p bilan yaxshi muomala qilishda deb o‘ylayman. Jismoniy holat va yakka kurashlarga qo‘shilish borasida hali ishlashim kerak. Rossiya chempionatida to‘p surish uchun katta jismoniy kuch talab qilinadi.

— Sizningcha, nimaning hisobiga “SSKA”ning asosiy tarkibidan tez fursatda joy oldingiz? Umuman olganda bu yoshda o‘zingizga bo‘lgan katta ishonch qayerdan?

— Asosiy sabablardan biri bu yerdagi ahil jamoa. Bu yerda meni juda iliq kutib olishdi. Ular moslashishimga katta yordam berdi. Ularga bu uchun rahmat aytaman. Yana shuni aytishim mumkinki, rus tilini bilganligim ham katta rol o‘ynadi. Qachonki, jamoadagilar bilan erkin muloqot qilsang, imkoniyatlaring yana ham ortadi. O‘zbekistonda ko‘pchilik rus tilida erkin muloqot qiladi. Qolaversa, “Paxtakor” akademiyasidagi murabbiyim rusiyzabon bo‘lgan. Shu ham rus tilida gapira olishimga katta xizmat qilgan. O‘zimga bo‘lgan ishonch bo‘lsa, bu mening xarakterimda bor.

— Sizni nima ko‘proq quvontiradi: urgan golingiz yoki muvaffaqiyatli golli uzatmangiz? Shuningdek, ba’zi yosh futbolchilarda kuzatiladigan yulduzlik kasaliga chalinishdan qo‘rqmaysizmi?

— Menga gol urish ko‘proq yoqadi, lekin assistentlik qilish ham huzur bag‘ishlaydi. Muhimi mening harakatlarim jamoaga g‘alaba keltirishidir. G‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz. Men ularga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytmoqchiman.

Savolingizning ikkinchi qismiga to‘xtaladigan bo‘lsam, ishonch bilan ayta olaman menda yulduzlik kasali bo‘lmaydi. Amakim menga hamisha kamtar bo‘lishni, o‘z ustimda ishlashdan to‘xtamaslikni o‘rgatgan. Faqat shu holatdagina orzu qilgan narsalarga erishish mumkinligini uqtirgan. Men shularga amal qilishga harakat qilaman.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:32, 03.11.2023.
O'qildi: 1881 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.