Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan beshta sabab

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan beshta sabab

Baho:
+ | -

Erik ten Xag 2022 yilning yozida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib oldi. Muvaffaqiyatsiz start va qatorasiga bir necha mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida "Manchester Yunayted" birinchi mavsumni yaxshi o‘tkazdi. "Mankunianliklar" Angliya liga kubogini qo‘lga kiritishdi va Chempionlar ligasiga qaytishdi, bu esa keyingi mavsum uchun optimizmni ilhomlantirdi.

Ammo katta yutuq bo‘lmadi. "Manchester Yunayted" 1962/63 yilgi mavsumdan beri eng yomon startini va 1930 yildan beri uydagi eng yomon startini amalga oshirdi. Chempionlar ligasida ham katta istiqbol yo‘q. Qanchalik arzimas tuyulmasin, balki "Manchester Yunayted" murabbiyni almashtirish haqida o‘ylashi kerak. Buning bir qancha sabablari bor.

Shaxsning yo‘qligi:

Ten Xag maqtovga sazovor bo‘ldi, chunki "Manchester Yunayted" uning rahbarligida yaxshilana boshladi va besh yillik kuboksiz seriyani yakunladi. Ammo "Yunayted" bu mavsumda juda zaif ko‘rinmoqda. "Manchester Yunayted" "kichikroq" deb ataladigan jamoalarda ustunlik qilmaydi va ular elita divizionining og‘ir vazn toifalariga qaraganda ancha past.

"Ular qarshi hujumlarga tayanadi va ko‘p uzoq uzatmalarni o‘ynaydi. Hech bir top-jamoa bunday o‘ynamaydi. Ten Xag olib kelgan o‘yinchilar bilan mashg‘ulotlarda nima qiladi va ulardan nima so‘raydi? Maydonda hech qanday g‘oyalar yo‘q”, - dedi Jeymi Karrager. "Menga ularning futboli umuman yoqmaydi, ular qanday modelga yopishib olishga harakat qilishayotganini bilmayman", - deya qo‘shimcha qildi Gari Nevill.

Boshqa murabbiylarning arzonroq jamoalar bilan qilayotgan ishlariga qarasangiz, ten Xagni himoya qilib bo‘lmaydi. Anj Postekogoglu, Unai Emeri va Roberto De Dzerbi “Tottenxem”, “Aston Villa” va “Brayton”da o‘z o‘yinchilariga aniq taktik rejalarga amal qilishni o‘rgatib, o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatdi. "Manchester Yunayted"da ten Xag ham xuddi shunday qilayotganga o‘xshamaydi.

G‘alati transferlar:

"Manchester Yunayted"ning amaldagi bosh murabbiyi "Old Trafford"ga kelganidan beri yangi futbolchilar uchun jami 335 million funt sarfladi. Pep Gvardiola xuddi shu davrda "Manchester Siti"da 100 million kam sarflagan. Kazemiro, Lisandro Martines va Kristian Eriksen kabilar "MYU"da birinchi marta ajoyib mavsumni o‘tkazishdi, ammo bu mavsumda hozircha bir xil darajaga erisha olishmadi.

Klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat transfer (85 million funt) bo‘lgan Antoni o‘zining ulkan narxini oqlash uchun juda oz narsa ko‘rsatdi. Tirell Malasia asosiy tarkibda doimiy joyni qo‘lga kirita olmadi. Meyson Maunt hali birorta ham gol ura olmadi va yarim himoyada Brunu Fernandeshning yonida ko‘rinmaydi. Ayni paytda, “Inter”ning sobiq darvozaboni Andre Onana o‘zini David De Xeaga munosab o‘rinbosar sifatida ko‘rsata olmadi: bir qator baxtsiz xatolar jamoa natijalariga qimmatga tushdi.

Xarri Keyn uchun bor kuchini sarflash o‘rniga, Ten Xag "Atalanta"da katta salohiyatni namoyish etgan, ammo Premyer-ligada hali gol ura olmagan 20 yoshli Rasmus Xyoylunni tanladi. Sofyan Amrabat va Serxio Regilon jamoani jiddiy ravishda kuchaytirdi, deyish qiyin, 35 yoshli Jonni Evansning qaytishi esa "mankunianliklar" safida sifat yo‘qligini ko‘rsatdi, xolos. Ten Xagning transferlari teskari ta’sir ko‘rsatib, jamoani kuchsizlantirgan ko‘rinadi.

Sardor tanlash bilan bog‘liq muammolar:

Ten Xag Garri Maguayrning yetakchilik fazilatlari yo‘qligi ayon bo‘lgach, uni sardorlikdan mahrum qilishga haqli edi. Ammo muammo shundaki, murabbiy hech qachon bu rolga munosib odam tanlamagan. Brunu Fernandesh o‘tgan mavsumda vise-sardor lavozimini egallaganidan so‘ng oxirgi tanlov emas edi va unga doimiy ravishda bog‘ich berilgani ajablanarli emas edi. Ammo niderlandiyalik murabbiy bu masalada ko‘proq o‘ylashi kerak edi.

Hech shubha yo‘qki, Fernandesh hozirgi tarkibdagi eng faol o‘yinchi va u ko‘pincha maydonning so‘nggi uchdan bir qismida ishlarni amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi. Ammo qiyin damlarda jamoaviy ruhni ko‘tarishga kelganda, portugaliyalik futbbolchi ko‘pincha o‘zini va jamoani tushkunlikka soladi. "MYU" gol o‘tkazib yuborsa yoki to‘pni osonlikcha yo‘qotsa, birinchi bo‘lib Brunu qo‘llarini ko‘taradi va vaximaga tushadi. Shuningdek, uning o‘zi ham elemenat xatolarga tez-tez yo‘l qo‘yib turadi.

Ten Xagning jamoasida aniq yetakchilar kam, lekin Fernandeshdan kamida 2 ta yaxshi variant bor. Masalan, Rafael Varan jamoa yetakchisi bo‘lish uchun yetarlicha tajriba va xotirjamlikka ega. Fransiyalik futbolchi Fernandeshdan bog‘ichni hozir olishi mumkin edi, biroq sog‘lig‘idagi kichik muammolar so‘nggi haftalarda muntazam o‘ynashga to‘sqinlik qildi. Keyingi o‘rinda "Manchester Yunayted"da eng ko‘p to‘p tepgan futbolchi bo‘lgan Lyuk Shou. Shou hali ham jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda, lekin u so‘nggi bir necha yil ichida "Yunayted"ning eng barqaror o‘yinchisi bo‘ldi va kiyinish xonasida hurmatga sazovor.

Jamoa ichidagi muammolar:

Ten Xag jamoada o‘z obro‘sini ko‘rsatishga bir necha bor urinib ko‘rgan, jumladan, Krishtianu Ronaldu va Jeydon Sanchoni chetlatgan. Portugaliyalik futbolchi ketganidan keyin "mankunianliklar"ning natijalari biroz yaxshilandi, ammo Sancho bilan vaziyatda hammasi unchalik aniq emas. Murabbiy futbolchini jamoatchilik tanqidi uchun diskvalifikasiya qildi, lekin u avval ham xuddi shunday tanqid qilgan edi. Vaziyat bir necha oydan beri yaxshilanmadi va hammasi futbolchining klubni tark etishi tomon ketmoqda.

Sanchoning maydondagi o‘rin uchun raqobatchilari hech narsa ko‘rsatmayotganini inobatga olsak, ziddiyatni kuchaytirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Markus Reshford va Antoni jamoaning muvaffaqiyatlariga minimal hissa qo‘shganiga va hujumni kuchaytirish zarurligiga qaramay, muntazam ravishda maydonga tushishda davom etmoqda. Ten Xag optimal tarkib qanday bo‘lishini haligacha bilmaganga o‘xshaydi, bu esa Sanchoning yo‘qligi yanada hayratlanarli holga keltirmoqda.

Barqarorlikning yo‘qligi:

"Manchester Yunayted" so‘nggi to‘rtta o‘yinning 3tasida g‘alaba qozongan. Ammo "Yunayted" ikkalasida ham yaxshi o‘ynamadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Liga kubogining 3-bosqichida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba "mankunianliklar" bittadan ko‘p gol farqi bilan g‘alaba qozongan yagona o‘yin bo‘lib qolmoqda. Aftidan, raqiblar endi “MYU” bilan, jumladan, “Old Trafford”da ham to‘qnash kelishdan qo‘rqmaydilar.

"Nyukasl"ga qarshi Liga kubogining 4-tur uchrashuvidan so‘ng, "Manchester Yunayted" Premyer-ligada hech bo‘lmaganda qog‘ozda yaxshi taqvimga ega edi. “MYU” “Fulxem”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va keyin “Luton” va “Everton”ga qarshi bahs olib boradi. "Mankunianliklar" ushbu uchrashuvlardan maksimal ochko olishlari kutilmoqda, ammo bunday qilmasa, hech kim ajablanmaydi. "Manchester Yunayted" o‘z raqiblariga katta xavf tug‘dirmaydigan o‘rta jamoaga aylanmoqda, buning uchun hamma - futbolchilar ham, murabbiy ham javobgar.

Kiritildi: 15:46, 06.11.2023.
O'qildi: 5505 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.