«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike poytaxt klubining 17 yoshli markaziy yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri haqida gapirdi.
Mutaxassis Fransiya yoshlar terma jamoasi sardorini «olmos» deb atadi, chunki u yoshidayoq maydonda qaysi pozisiyani tanlashni biladi.
«U kabi tabiiy mahoratga ega futbolchini boshqarish oson. Uning eng yaxshi fazilatlaridan biri - u kamtar. Men uni yaxshi ko‘raman», - dedi murabbiy.