Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Mahdiy Rahmatiy «Navbahor»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni nima bilan izohladi?

Mahdiy Rahmatiy «Navbahor»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni nima bilan izohladi?

Baho:
+ | -

Eronning "Nassajiy Mozandaron" klubi bosh murabbiyi Mahdiy Rahmatiy "Navbahor"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan 2 gol ahvolimizni qiyinlashtirib qo‘ydi. Shunga qaramay, o‘yinga qaytishga muvaffaq bo‘ldi va gol urish uchun 2 ta vaziyatga ega bo‘ldik. Ikkinchi taymda yo‘l qo‘ygan xato tufayli yana gol o‘tkazib yubordik va vaziyat og‘irlashib ketdi.

"Navbahor" yaxshi jamoa hisoblanadi. Bu jamoa bir necha yillardan buyon O‘zbekiston chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Biz esa hali yosh jamoa hisoblanamiz.

Yo‘l qo‘yilgan xatolar va mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Osiyo chempionlar ligasidagi ilk ishtirokimizda faqat tajriba to‘playapmiz. Jamoamizga vaqt kerak. Oldimizda transfer vaqtida tarkibni kuchaytirishimiz kerak.

Bundan tashqari, zich taqvim ostida o‘ynayotganimiz ham bizga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Biz har 3-4 kunda maydonga ttushyapmiz. Masalan, "Navbahor" bilan safarda o‘ynab qaytganimizdan keyin 4 kun o‘tib "Sepahon" bilan, oradan yana 3 kun o‘tib "Traktor" bilan o‘ynadik. Endi esa "Navbahor" bilan o‘ynadik. Futbolchilarning tiklanishi uchun vaqt kerak", — dedi Rahmatiy.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:54, 07.11.2023.
O'qildi: 7228 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.