Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Kolumbiya harbiylari yaqin soatlarda Luis Diasning otasini ozod qilishni tayyorlanmoqda

Kolumbiya harbiylari yaqin soatlarda Luis Diasning otasini ozod qilishni tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

Kolumbiya armiyasi rasmiylari "Liverpul" hujumchisi Luis Diasning otasini "yaqin bir necha soat ichida" ozod qilish rejasini ishlab chiqqanini aytishdi.

"Liverpul" hujumchisining ota-onasini to‘qqiz kun avval o‘zlari tug‘ilgan Kolumbiyada motosiklda o‘tirgan qurolli shaxslar o‘g‘irlab ketishgan. Diasning onasi Silenis Marulanda bir necha soatdan keyin qo‘yib yuborildi, biroq katta Diasni qidirish 200 dan ortiq polisiya va harbiy xizmatchilar ishtirokidagi keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operasiyasi doirasida davom etdi.

Kolumbiya Qurolli Kuchlarining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida yangi post paydo bo‘ldi: "Ushbu harbiy manyovr tufayli u yaqin bir necha soat ichida o‘z erkinligini tiklashi uchun barcha kafolatlar va shart-sharoitlar ta’minlangan.

U o‘g‘irlab ketilgan paytdan to hozirgi kungacha Milliy ozodlik armiyasi janob Luis Manuelning jismoniy yaxlitligi uchun faqat javobgar bo‘lib kelgan. Kolumbiya Qurolli Kuchlarining vazifasi har doim katta Luis Dias va barcha kolumbiyaliklarning hayoti va erkinligini himoya qilish bo‘lgan.

Kiritildi: 17:12, 07.11.2023.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик