"Barselona" qanot himoyachisi Markos Alonso 2024 yilning yozida kataloniyaliklar safini tark etishi mumkin.
Insayder Jek Talbot xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi hozirda "Atletiko" bilan muzokaralar olib bormoqda. U kelasi yil yozda, "Barsa" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng "matraschilar" safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Alonso 2022 yilning yozida "Chelsi"dan erkin agent maqomida "Barselona"ga o‘tgandi. U bu mavsumda 6 ta o‘yinda ishtirok etdi.