Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Fayzullayev «Barselona»da o‘ynamoqchi...

Fayzullayev «Barselona»da o‘ynamoqchi...

Baho:
+ | -

O‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullayev avgust oyida «Paxtakor»dan SSKAga ko‘chib o‘tgan edi.

 Legionerimiz ayni paytda Rossiya Premyer-ligasining eng omadli transferlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Abbosbek SSKAning chempionatdagi oxirgi 5ta uchrashuvidan 3tasida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Legionerimizning yorqin o‘yinidan ta’sirlangan bobsoccer.ru sayti ham Fayzullayev bilan «Krasnodar»ga qarshi bahs arafasida intervyu uyushtirdi.

- Premyer-liganing o‘tgan turida raqiblar eng ko‘p sizga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Sizga alohida e’tibor qaratishayotganini his qilyapsizmi? Raqiblar tomonidan qo‘llanilayotgan turli provokasiyalarga tushib qolmaslik uchun o‘zingizni qanday tayyorlayapsiz?

- Menga nisbatan har doim ko‘p fol ishlatishadi, oyog‘imga ko‘p tepishadi. Hammasi bolaligimdan boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Raqiblar menga qarshi harakatlanishga ulgurmay qolishadi va qoidani buzadi. O‘zimni bunday holatlarga tayyorman, deb o‘ylayman. Bu yoqimsiz vaziyat, ammo unga bosiq munosabatda bo‘lish kerakligini tushunaman. Futbol shunaqa: hamma yutish, kurashish istagida o‘ynaydi.

- SSKA qiziqayotganidan xabar topguningizcha RPLni kuzatarmidingiz? Sir bo‘lmasa, qaysi jamoaga muxlislik qilgansiz?

- Rossiya futbolini tomosha qilardim. Lekin SSKAga o‘tgunga qadar hech qaysi jamoaga alohida ishqibozlik qilmaganman. Bu yerda Eldor Shomurodov va Odil Ahmedovlar to‘p tepishgan, men ham ularning ishtirokini kuzatardim. Shomurodov o‘ynagani uchun «Rostov»ga ko‘proq e’tibor qaratganman.

- SSKA tarkibidagi futbolchilardan kim sizga ko‘proq yoqadi va nima uchun?

- Menga har doim Igor Akinfeev yoqqan. SSKA afsonasi! Uning jahon chempionatida Ispaniya bilan o‘yinda penaltini qaytarib, Rossiyani chorak finalga chiqishiga yordam berganini yaxshi eslayman.

- Jahon futbolidan kimning o‘yini sizga o‘rnak bo‘lgan? Xorij klublaridan qaysilariga muxlislik qilasiz?

- Bolaligimdan «Barselona» muxlisiman va o‘yinlarini tomosha qilaman. Kumirim esa Lionel Messi. O‘yin uslubi jihatidan Filipe Koutinyo ham yoqadi. «Barselona» sevimli jamoam. Men hach qachon «Kamp Nou»da bo‘lmaganman, lekin kelajakda o‘sha yerda o‘ynashni istayman, shunga intilaman. Umuman olganda, hozir bu haqda gapirishning mavridi emas. Ayni paytda SSKAga moslashib oldim, shu yerda o‘ynashni hoxlayman va bor e’tiborimni jamoaga yordam berishga qaratganman.

- Futbolchi sifatida qaysi xususiyatlaringizni kuchli tomoningiz deb bilasiz va yana nimalar ustida ishlashingiz kerak?

- Kuchli jihatim to‘p bilan ishlash. Jismoniy holatim va yakkakurashlarda imkoniyatimni oshirishim ustida ishlashim kerak. Rossiya futbolida yakkakurashlar ko‘p bo‘ladi, bunga ko‘nikish kerak. Va aytish joiz, bu chempionat shunisi bilan murakkab hisoblanadi.

- SSKA asosiy tarkibidan juda tez o‘rin egallashingizga sabab nima? Shuningdek, bu yoshda o‘zingizga bunchalar ishonishni qanday uddalayapsiz? Endigina 20 yoshga qadam qo‘ydingiz-ku.

- Asosiy sababi bu yerda yaxshi jamoa jamlanganidir. Yigitlar meni juda yaxshi qabul qilishdi, har jabhada yordamlarini ayashmadi, buning uchun ularga katta rahmat. Qolaversa, rus tilini mukammal bilishim ham muhim rol o‘ynadi. Erkin muloqot qila olish - jamoaga tezroq qo‘shilib ketishga ko‘proq imkon beradi. O‘zbekistonda aksariyat rus tilini yaxshi biladi, maktablarda hali ham rus tili o‘rgatiladi. Qo‘shimchasiga, men «Paxtakor»da ulg‘ayganman. Murabbiyimiz esa ruscha gapirardi. Boshida bu tilni yaxshi bilmaganman, keyin tahsil jarayonida o‘rganib oldim. O‘zimga bo‘lgan ishonch esa, xarakterimdandir.

- Sizni ko‘proq gol quvontiradimi yoki chiroyli golli uzatma? Va yulduzlik kasalidan qo‘rqmaysizmi, chunki ko‘pgina yosh futbolchilar yorqin debyutdan ke­yin o‘zini yo‘qotib qo‘yishadi?

- Gol urish yoqadi, lekin golli paslar ham zavq bag‘ishlaydi. Eng asosiysi, harakatlarim SSKA g‘alabasiga yordam berishidir. G‘alaba qozonish muhim, chunki biz o‘z muxlislarimizni imkon qadar ko‘proq xursand qilishni istaymiz. Qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun ularga kattakon rahmat. Bu bizga juda qo‘l keladi. Savolingizning ikkinchi qismiga ishonch bilan menda yulduzlik kasali yo‘qligini va hech qachon bo‘lmasligini ayta olaman. Nega bunga bunchalar ishonyapman? Chunki amakim har doim kamtarin bo‘lishga va o‘z ustimda ishlashni taxtatmaslikka o‘rgatgan. Shundagina oldimdagi maqsadlarga yeta olishimni tushuntirgan. Bu gaplarni har doim yodimda saqlayman va juda muhim, deb bilaman.

Moskvada o‘tkazilgan RPL 13-tur doirasidagi SSKA - «Krasnodar» (1:0 - Fyodor Chalov kiritgan yagona golga aynan Fayzullayev assistentlik qildi) o‘yinidan keyin legionerimiz «Match TV» jurnalistlari savollariga javob berdi:

- Bugun SSKA safida eng yaxshi futbolchi bo‘la olmaganingiz g‘alati tuyulmayaptimi?

- Nega endi? Tarkibda o‘zini o‘yinga 100 foiz bag‘ishlagan boshqa o‘yinchilar ham bor. Masalan, Fyodor Chalov, yagona golni urib, jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. O‘ylashimcha, eng zo‘ri u bo‘ldi.

- Bugun SSKA nimani evaziga «Krasnodar»ni yenga oldi?

- Balki jamoviy ruhiyat ko‘tarinkiligi evazigadir, biz muxlislarimizni quvontirish uchun oxirigacha o‘ynadik. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlashga juda ko‘p ishqibozlar keldi va biz g‘alaba qozona oldik.

- «Krasnodar» kuchli bosim o‘tkazgan so‘nggi 20 daqiqa ancha og‘ir o‘tdimi?

- O‘yinning so‘nggi daqiqalari har doim og‘ir bo‘ladi. Chunki unda kutilmagan holatlar va xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ladi. Lekin jamoaga ofarin! Hamma borini berib o‘ynadi.

- SSKA peshqadamni yengib, uni mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qilishga majbur etdi. Bu g‘alabaning siz uchun ahamiyati qanday?

- Biz har bir uchrashuvda g‘olib chiqish uchun o‘ynaymiz. Bugun biz yutuqqa erishdik, chempionat peshqadamini taslim qildik.

- SSKAga o‘yinda g‘olib chiqishga yordam bergan taktik qarorlar qanday edi?

- Biz har bir uchrashuvga o‘ziga xos taktika bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ramiz, raqibning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib chiqamiz. Bu gal ham raqib jamoa o‘yinini chuqur o‘rgandik va bu bizning g‘alaba qozonishimizda qo‘l keldi.

- Havo sizga sovuqlik qilmayaptimi?

- Bunaqa qaynoq o‘yindan keyin sovuq sezilmayapti.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 08.11.2023.
O'qildi: 13615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик