Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Rodrigo: "Anchelotti qiyin vaziyatdan chiqishimga yordam bergan"

Rodrigo: "Anchelotti qiyin vaziyatdan chiqishimga yordam bergan"

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Rodrigo Chempionlar ligasi doirasida "Braga"ga qarshi o‘yinda (3:0) g‘alaba qozonganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi uchun UYEFAdan mukofot oldi. “Real” turnirning pley-off bosqichida ishtirok etishini kafolatladi.

"Ajoyib o‘yin. Gol urganimdan xursandman, lekin meni eng quvontiradigan jihati 1/8 finalga erta chiqqanimiz.

Murabbiyga alohida rahmat aytmoqchiman. Biz eng yaxshi holatda bo‘lmaganimizda bizga g‘amxo‘rlik qiladigan odamlarni qadrlashimiz kerak. Qiyin kunlarni boshimdan o‘tkazdim, lekin murabbiy doim yonida bo‘ldi, to‘g‘ri so‘zlar bilan dalda berdi. Mening vazifam gol urish va men uchun qilgan barcha ishlari uchun unga minnatdorchilik bildirish edi", - dedi Rodrigo "Real" rasmiy saytiga.

Kiritildi: 07:50, 09.11.2023.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик