«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning vakili bo‘lgan futbol agenti Rafaela Pimenta «Santyago Bernabeu»ga tashrif buyurdi.
Pimenta «Real»ning «Braga»ga qarshi o‘yinida (3:0) paydo bo‘ldi.
«Men Maksvell va Granero bilan birga o‘yinda bo‘ldim. O‘tgan mavsumda «Real» «Manchester Siti» bilan o‘ynaganida ham kelgandim.
Xoland transferi borasida muzokaralar olib borilmoqdami? Yo‘q, bunaqa narsa bo‘lmagan», — deya ijtimoiy tarmoqlarda Rafaelaning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.