Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Vitaliy Levchenko: "Derbilar doim shiddatli o‘tadi"

Vitaliy Levchenko: "Derbilar doim shiddatli o‘tadi"

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Turon" – "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Derbilar doim shiddatli o‘tgan va bugun ham bunga guvoh bo‘ldik. Bunday bahslar prinsipial ahamiyat kasb etadi. Bugun penalti ham, qizil kartochka ham ko‘rdik. Shu sababli bellashuv muxlislarga ma’qul bo‘ldi deb o‘ylayman.

To‘rayev kechagi mashg‘ulotda oyog‘ida og‘riq sezdi, unda kichik jarohat bor edi. Unga dam olish imkonini berishga qaror qildik. U jamoamiz sardori va kelgusi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bugun yoshlardan Valiyev maydonga tushdi. U21 tarkibimizdan bir qator futbolchilarni tarkibga jalb qildik. Ular mashg‘ulotlarda ishtirok etib, moslashmoqdalar. Ammo bu tez sodir bo‘ladigan jarayon emas. Umidli yoshlarimiz bor, kelgusida ularga ko‘proq imkoniyat berishimiz mumkin.

Larin uzoq vaqt o‘ynamadi va asta-sekin maydonga qaytmoqda. Oleksiy uchrashuvni asabiy tarzda boshladi, ko‘plab xatolar qildi. Tanaffusda undan bosiqlikni so‘radim. Jarohatdan qaytganidan so‘ng futbolchiga biroz vaqt kerak.

Qabul qilib olgan ikki mag‘lubiyatdan so‘ng ham taslim bo‘lmaymiz. To‘g‘ri, natijalar alamli bo‘ldi va ruhiya jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi bellashuv esa futbolchilar hali qo‘llarini tushirmaganliklarini, yaxshi kayfiyatda ekanini ko‘rsatib berdi. Sovrindorlar safida joy olsak, albatta bundan xursand bo‘lamiz”, – dedi Levchenko.

Kiritildi: 06:22, 10.11.2023.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.