Uorren Zair-Emeri Fransiya terma jamoasining Gibraltar termasi bilan bo‘ladigan o‘yiniga taklif oldi.
U maydonga tushishi mumkin, Didye Desham haqiqatan ham "PSJ"dagi iqtidorni sinab ko‘rmoqchi.
Agar Zair-Emeri 17 yoshu 255 kunligida maydonga tushsa, u Fransiyaning eng yosh debyutantiga aylanadi. 1914-yilda Moris Gastigye 17 yoshu 128 kunligida debyut qilgan edi.