Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

U-17 JCHda porlashi kutilayotgan 4 futbolchi

U-17 JCHda porlashi kutilayotgan 4 futbolchi

Baho:
+ | -

Bugun Indoneziya U-17 Jahon chempionati start oladi. Ushbu musobaqaning asosiy yulduzi bo‘lishi kutilayotgan 4 ta futbolchi:

1. Klaudio Echeverri - Argentina U-17 terma jamoasi va "River Pleyt" klubi hujumkor yarim himoyachisi. Yuqori dribling sohibi, himoyachi bilan birga-bir vaziyatlarda boshlang‘ich tezligi evaziga osonlik bilan qochib keta oladi. Katta bo‘lmagan jussasi uchun "kichik iblis" ("diablito") laqabini olgan.

2. David Martines - shu yoshida Venecuela milliy terma jamoasida debyut qilishga ulgurgan "Monagas" klubi vingeri. Jismonan baquvvat va yuqori texnikaga ega futbolchi 18 yoshga to‘lgach, "Ayaks" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

3. Mark Giu - yaqinda "Atletik Bilbao" darvozasiga 23 soniya ichida gol urib tanilgan "Barselona" klubi va Ispaniya U-17 terma jamoasi futbolchisi. Katalon hujumchisi klassik "9-raqam" hisoblanadi va asosan, jismoniy kuchi evaziga jarima maydoni ichida samarali harakat qiladi.

4. Mikael Bermudes - Ekvador U-17 terma jamoasi va "LDU Kito" jamoasi markaziy hujumchisi. Janubiy Amerika chempionatidan so‘ng "Manchester Siti" va "Borussiya" (Dortmund) kabi klublar e’tiborini qozongan futbolchi, o‘zining o‘smirlik jamoasi "LDU Kito" bilan professional shartnoma tuzishga qaror qilgan.

U-17 Jahon chempionatining asosiy yulduzlari bo‘lishi kutilgan ekvadorlik Kendri Paes ("Independyente del ValYE"/"Chelsi"), ispaniyalik Lamin Yamal ("Barselona") va braziliyalik Endrik ("Palmeyras"/"Real Madrid") kabi futbolchilar - milliy terma jamoalaridan chaqiruv olganliklari bois, o‘smirlar Jahon chempionatida qatnasha olishmaydi.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 13:42, 10.11.2023.
O'qildi: 4898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.