Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Shtutgart" hujumchisi: "Keyn bilan to‘purarlar ro‘yxatida raqobatlashish - sharaf"

"Shtutgart" hujumchisi: "Keyn bilan to‘purarlar ro‘yxatida raqobatlashish - sharaf"

Baho:
+ | -

"Shtutgart" hujumchisi Seru Girassi "Bavariya"da o‘ynayotgan Garri Keyn haqida gapirdi.

"Jahon toifasidagi hujumchi - Keyn bilan raqobat qilish o‘zgacha narsa. Menimcha, u Bundesligadagi ko‘plab hujumchilarni u bilan raqobatlashish uchun o‘z saviyasini oshirishga undadi.

Men televizorda ko‘p futbol tomosha qilaman, Levandovski, Keyn yoki Xoland kabi futbolchilarning o‘yinlarini tomosha qilishni va ularning harakatlarini tahlil qilishni yaxshi ko‘raman.

Siz eng yaxshilardan o‘rganasiz. Gol urish - bu san’at", - dedi Girassi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionati to‘purarlik poygasida Girassi va Keyn peshqadam bo‘lib turibdi.

27 yoshli fransiyalik futbolchi 8 ta o‘yinda 14 ta gol urgan bo‘lsa, 30 yoshli angliyalikda 10 ta o‘yinda 15 ta gol bor.

Kiritildi: 19:51, 10.11.2023.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик