Kirish Ro'yxatdan o'tish

Virsga yakuniy narx belgilandi

Virsga yakuniy narx belgilandi

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachi Florian Virsni sotishdan katta pul ishlab olmoqchi.

20 yoshli futbolchiga Yevropa futbolining ko‘plab gigantlari, jumladan, "Bavariya", "Manchester Siti", "Liverpul", "Barselona", "Chelsi" va boshqa ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda. CaughtOffside xabariga ko‘ra, agar xaridorlar kamida 120 million yevro taklif qilsalar, "aptekachilar" kelasi yozda o‘z yulduzini qo‘yib yuborishga tayyor bo‘ladi.

Florian Virs joriy mavsumda Xabi Alonso jamoasi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali nemis futbolchisining narxini 85 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:24, 11.11.2023.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.