Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino "Chelsi"dagi loyihasida kimni asosiy figurada ko‘rishini aytdi

Pochettino "Chelsi"dagi loyihasida kimni asosiy figurada ko‘rishini aytdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning uzoq muddatli rejalarida yarim himoyachi Koul Palmer muhim rol o‘ynashini aytdi.

21 yoshli futbolchi 1 sentyabr kuni "Manchester Siti"dan "ko‘klar"ga o‘tgandi - transfer narxi 47 million yevroga baholanmoqda. Pochettino shogirdlari safida 13 ta o‘yin o‘tkazib, angliyalik yigit beshta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Biz Palmerdan mamnunmiz. Biz unga hozir ishonamiz, lekin kelajak uchun ham katta istiqbollarni ko‘ramiz. U juda aqlli, tezda ko‘nikishga muvaffaq bo‘ldi. Koul o‘sishda davom etishi kerak, lekin u allaqachon a’lo darajada o‘ynamoqda. Biz uni loyihamizdagi asosiy figura deb bilamiz", - deya argentinalik murabbiy so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Kiritildi: 04:30, 11.11.2023.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик