Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Jamshid Iskanderov: «Bo‘lajak o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz»

Jamshid Iskanderov: «Bo‘lajak o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari  o‘rtasidagi  uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 30 yoshli tajribali yarim  himoyachisi Jamshid Iskanderov bo‘lajak  o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Xudoga shukr, “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan bahsdan oldin Osiyo Chempionlar ligasi doirasidan o‘rin olgan bellashuvda ham yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib, Erondan g‘alaba bilan qaytdik va shuning uchun ayni paytda kayfiyatimiz yuqori. Mazkur uchrashuvga esa jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rdik.

“Bunyodkor”ni hurmat qilgan holda, shuni aytishim mumkinki, bo‘lajak o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz.

Muxlislardan esa biz futbolchilarni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, stadiondan uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va “Navbahor” klubi vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor”ning zafarlarida ularning ham munosib hissalari bor", — dedi Jamshid Iskanderov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:58, 11.11.2023.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик