«Barselona»ning sobiq futbolchisi Kevin-Prins Boateng Kataloniya klubi afsonasi Lionel Messining mashg‘ulotlarga yondashuvi haqida gapirdi.
«Men hech qachon Messini sport zalida ko‘rmaganman. U massaj oladi, keyin basketbol o‘ynaydi. Maydonga kirishdan 30 soniya oldin gol, gol, gol deb baqirardi.
Unga qaragan yosh futbolchilar mashg‘ulot o‘tkazmasdilar va jarohat olishardi», - dedi Kevin-Prins Boateng.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi «Barselona»ni 2021 yilda tark etgandi. Jahon chempioni shu yil yozdan beri Mayamining «Inter» jamoasida to‘p tepmoqda.