Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Jim Retkliff qo‘l-ostida "MYU" tarkibi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Jim Retkliff qo‘l-ostida "MYU" tarkibi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Ser Jim Retkliffning "Manchester Yunayted"ga kiritadigan sarmoyasi qancha ekani ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra, britaniyalik oligarx klubning 25 foizlik aksiyasini sotib oladi. Bu esa 1.3 milliard funt deganidir. 71 yoshli biznesmen futbol olamida o‘ziga yarasha tajribaga ega. U "MYU"da katta o‘zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda. Bu o‘zgarishlar ikki yo‘nalishda: strategiya va transferlar siyosatida olib boriladi. Qayd etilishicha, transferlar borasidagi o‘zgarishlar doirasida jamoa bir nechta yulduzlarini sotuvga qo‘yadi. Bular Antoni, Jeydon Sancho hamda Marsyaldan iborat. Shuningdek, ularni o‘rnini to‘ldirish uchun bir qancha xaridlar ham amalga oshirilishi lozim.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" so‘nggi o‘n yil davomida yangi xaridlar uchun 1.5 milliard funtga yaqin mablag‘ ishlatgan. Xususan, Erik ten Xagning o‘zi 1 yil ichida o‘zi xohlagan futbolchilarni sotib olish uchun 374 million funtni sarflashga ulgurdi.
Retkliff futbol klubi rahbari sifatida pulni qanday sarflash kerakligini allaqachon aytib o‘tgan. U 2019 yil bergan intervyusida "hech qachon maqsadsiz va bema’ni transferlar uchun pul ishlatmasligi"ni bildirgan. Demak, uning kelishi, ayni paytda ajratilayotgan pullarning o‘ta ehtiyotkor ishlatilishini ham anglatadi.

Erik ten Xagni yangi mavsumda qiynayotgan eng katta muammo bu himoyachilar masalasi bo‘lib turibdi. Birgina Lisandro Martinesning safdan chiqishi, "MYU"ni himoyadan hujumga o‘tishdagi qobiliyatiga qattiq zarba berdi. Argentinalik futbolchi Rojdestvoga qadar maydonga tushmaydi. Aynan shunday muammolar chiqishini oldini olish maqsadida, ten Xag yozdayoq yangi himoyachi xaridini amalga oshirmoqchi edi. Shu maqsadda u Kim Min-Jeni ko‘zlaydi. Ammo uni "Bavariya" sotib oldi. Muammoga vaqtinchalik yechim sifatida esa Jonni Evans tanlangan.  Hozir "qizil iblislar" e’tibori "Nissa" himoyachisi Jan-Kler Todiboda turibdi. 23 yoshli fransuz futbolchisi qishda sotib olinishi mumkin. "Nissa" egasi Retkliff ekanini hisobga olsak, bu xarid unchalik ham qiyin bo‘lmaydi.

"Manchester Yunayted"ning muammolarini shu bilan hal bo‘ladi deyish qiyin. Jamoaga yarim himoyachi ham zarur. Antoni va Sanchoning ketishi esa vingerlarga bo‘lgan ehtiyojni ham yuzaga keltiradi. Maydon markazi uchun "Monako" yulduzi Yussuf Fofana xarid qilinishi mumkin. U mankunianliklar himoyasi va hujumini bog‘lashda ishtirok etadi. Fofananing Fransiya chempionatidagi statistikasiga e’tibor bersangiz, u to‘pni o‘zi bilan olib yurish, hujumga pas berish va himoyaga yordam masalasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekaniga guvoh bo‘lasiz. Uning kelishi Amrabatga ham o‘zini ko‘rsatishni katta yordam bergan bo‘lardi. Shuningdek, "Monako"ning yana bir yulduzi bo‘lgan Vanderson ham "MYU" radarida ekani aytilgan. Qanot himoyachisi Dalot o‘rnini egallaydi. "Bayer Leverkuzen" xavbeki Jeremi Frimpong borasida ham shunday desak bo‘ladi. Bu bilan Uan-Bissaka tez orada asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotsa, ajab emas.
Hujum uchun "Yuventus" vakili Federiko Kyeza ko‘zlanmoqda. 26 yoshli vinger 52 million funtga baholanmoqda. "MYU"da Moliyaviy Feyr pley cheklovlari borligini hisobga olsak, Kyeza varianti ideal ko‘rinadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: newsnow.co.uk
Kiritildi: 11:51, 12.11.2023.
O'qildi: 5235 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.