Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugungi g‘alaba muxlislarimizniki"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugungi g‘alaba muxlislarimizniki"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi finali yakuniga yetgach, mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun o‘z muxlislarimizni Kubok bilan xursand qilganimizdan mamnunmiz. Bundan o‘zimiz ham xursandmiz. O‘zbekiston Kubogi finali doirasida o‘z maydonimizda ilk bor o‘ynadik. O‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida kubokni qo‘lga kiritish juda yoqimli. Bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emasdi. Bugun qiyin o‘yin o‘tkazdik. Chunki, raqimizda ancha tajribali hisoblanadi. Birinchi bo‘limda o‘ynimiz unchalik o‘xshamadi, lekin ikkinchi bo‘limda o‘z harakatlarimiz bilan o‘yin tizginini o‘zgartira oldik.

- O‘yindan oldin futbolchilarga qanday motivasiya berdingiz?

- O‘yindan oldin qanchalik motivasiya bermaylik, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni ortirmaylik, baribir birinchi bo‘limda bosimda ostida o‘ynayotganligi sezilib qoldi. Futbolchilarga bosim o‘ynash haqida juda ko‘p marta aytdik, lekin baribir ruhiy tomondan bu narsa uchrab turadi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga erishdik. Albatta, bu juda yoqimli. Chunki, biz uchinchi marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdik. Bu muxlislarimiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Jamoamizning qanchalik o‘sganini, barqaror o‘yin namoyish etayotganini mana shunday kubok o‘yinlari ko‘rsatib turibdi.

- Mashg‘ulotlarda penalti tepish borasida futbolchilar alohida shug‘ullanadimi?

- So‘nggi uchta mashg‘ulotimizda mana shu narsa bilan ko‘p shug‘ullandik. Bungacha ham Javohir (Siddiqov) penaltilarni ko‘p amalga oshirar edi. Bugun ham ishonch bilan tepdi. O‘yinning muhim pallasida u sovuqqonlik bilan harakat qildi.

Bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Barcha g‘alabalarimiz ularniki" - dedi Berdiyev.

Kiritildi: 19:41, 12.11.2023.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.