Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Erik ten Xagning "MYU" bosh murabbiyi sifatida dastlabki 50 ta o‘yini qanday o‘tdi? Buni Gvardiola, Klopp va Artetanikiga taqqoslab ko‘ramiz

Erik ten Xagning "MYU" bosh murabbiyi sifatida dastlabki 50 ta o‘yini qanday o‘tdi? Buni Gvardiola, Klopp va Artetanikiga taqqoslab ko‘ramiz

Baho:
+ | -

Erik ten Xag joriy mavsumdagi yomon natijalar sababli bosim ostida qolmoqda. Ammo uning "MYU"dagi umumiy natijasi yomon emas. Niderlandiyalik mutaxassis birinchi mavsumni ajoyib ravishda o‘tkazib, jamoani sovrin sari boshlagandi. Shuningdek, aynan u "MYU"ni Angliya kubogi finaliga olib chiqdi. Bu natijalar, o‘z navbatida ten Xagdan yanada ko‘proq narsalar kutilishiga olib keldi. Afsuski, bu kutilmalar hozircha o‘zini oqlayotgani yo‘q. "Fulxem" va "Luton Taun"ga qarshi erishilgan og‘ir g‘alabalar jamoani pastga tushib ketishdan asrab qoldi. Biroq, o‘yin tomonlama ten Xag jamoasini zavqli deb bo‘lmaydi. Kubok va YECHL doirasidagi bahslar jamoa uchun omadsiz kechayotgani ham hammasini ko‘rsatib turibdi. Natijalar zudlik bilan yaxshilanishi lozim.

Erik ten Xag hozirga qadar 50 ta APL o‘yinida mankunianliklarni maydonga boshlab tushdi. Agarda shu davrdagi natijalarga qaraydigan bo‘lsak, unchalik ham yomon statistikani ko‘rmaymiz. "MYU" 50 ta o‘yin davomida 30 ta g‘alabaga erishdi. Bu esa Aleks Fergyusonning natijasi bilan teng. 1992/93 yilgi va undan keyingi mavsumlar "Manchester Yunayted" uchun chempionlik bilan tugaganini hisobga olsak, ten Xag ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega ekani ma’lum bo‘ladi. Ammo bir tomondan, Fergyuson bu davrgacha allaqachon jamoada 200 ta bahs o‘tkazganini ham unutmaslik kerak.

Bugun Erik ten Xagni APLning qolgan uchta eng yirik raqib klub murabbiylari bilan solishtirib ko‘ramiz. Ular Angliyadagi eng yaxshi mutaxassislar sifatida e’tirof etiluvchi Pep Gvardiola, Yurgen Klopp hamda Mikel Artetadir.
Xususan, ten Xag va Gvardiolaning o‘z jamoalaridagi ilk 50 ta bahsida farq, asosan ochkolarda. Gvardiola ham ten Xag kabi "Man Siti"dagi ilk mavsumini 3 o‘rinda tugatadi, ammo 3 ochkoga ko‘proq jamg‘argan holda.
Bu borada Klopp bilan farq juda kam va bu niderlandiyalik foydasiga. Artetadan esa ten Xagning natijalari anchagina yaxshi. Demak, quyida aniq raqamlarga e’tiboringizni qaratamiz.

Erik ten Xag – 50 ta bahs
G‘alaba – 30 ta
Durang – 6 ta
Mag‘lubiyat – 14 ta
Ochko: 96
Gollar: 71 ta
Quruq o‘yinlar: 21 ta

Ser Aleks Fergyuson – 50 ta bahs
G‘alaba – 30 ta
Durang – 13 ta
Mag‘lubiyat – 7 ta
Ochko: 103
Gollar: 82 ta
Quruq o‘yinlar: 23 ta

Yurgen Klopp – 50 ta bahs
G‘alaba – 26 ta
Durang – 14 ta
Mag‘lubiyat – 10 ta
Ochko: 92
Gollar: 103 ta
Quruq o‘yinlar: 14 ta

Pep Gvardiola – 50 ta bahs
G‘alaba – 34 ta
Durang – 10 ta
Mag‘lubiyat – 6 ta
Ochko: 112
Gollar: 119
Quruq o‘yinlar: 19 ta

Mikel Arteta – 50 ta bahs
G‘alaba – 21 ta
Durang – 12 ta
Mag‘lubiyat – 17 ta
Ochkolar: 75
Gollar: 72
Quruq o‘yinlar: 15 ta.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:22, 12.11.2023.
O'qildi: 1874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.