Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

APL. 2023/24 yilgi mavsumning o‘n ikki turidan keyin tuzilgan ramziy terma jamoa e’lon qilindi

APL. 2023/24 yilgi mavsumning o‘n ikki turidan keyin tuzilgan ramziy terma jamoa e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Biz mavsumning yarmiga yaqinlashmoqdamiz. Shu asnoda noyabr oyigacha, ya’ni 12 tur davomida eng yaxshi natija qayd etgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa shakllantirdik. Ularni tanlab olishda WhoScored portali taqdim etgan statistikadan foydalanildi. Futbolchilar esa mavsum davomida kamida 6 ta turda maydonga tushgan. Demak, quyida ularni sizga tanishtiramiz.

Darvozabon: Gulyelmo Vikario

Biz xato o‘ylagan ekanmiz. Tan olish kerak, Vikario haqida butunlay noto‘g‘ri fikrda bo‘lganmiz. APL tajribasiga ega tayyor darvozabon, David Rayya turganida "Tottenxem"ning, hatto terma jamoaga jalb etilmagan Vikarioni sotib olishi, ahmoqlikday tuyulgan edi boshida. Ammo hozirga qadar, aytish mumkinki, italiyalik futbolchi ajoyib seyvlari va kam gol o‘tkazgani bilan juda yaxshi natija qayd etib turibdi.

Markaziy himoya: Yoakim Andersen

"Kristal Pelas" APL turnir jadvalining ikkinchi yarmidagi jamoalar ichida eng kam gol o‘tkazgan klubdir. Buning sababi esa Andersenning darajasi bilan bog‘liq. Himoyachi o‘z jamoasining mudofaasini ushlash bilan bir qatorda, hujumda ham birdek faol. U gol va assistlarga ham mualliflik qilishga ulgurdi.

Markaziy himoya: Virjil van Deyk

APLda bir nechta assistlari bilan ajralib turgan himoyachi, o‘zining fidokor harakatlari bilan jamoasiga yordam berib kelmoqda. Masalan, van Deyk havodagi kurashlarda Kristian Romerodan ko‘ra ikki barobar yaxshiroq natijaga ega. Agarda bunga himoya va pas uzatish qobiliyatlariniyam qo‘shsak, Virjilni bu ro‘yxatga qo‘shganimiz adolatdan ekaniga guvoh bo‘lasiz.

O‘ng qanot himoya: Kiran Trippyer

Nima uchun 35 yoshli futbolchi bu ro‘yxatda degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning javobi juda oddiy – 12 ta o‘yindagi 6 ta assist. Trippyerning himoyadagi ko‘rsatkichlari ham unchalik yomon emas.

Chap qanot himoya: Vitaliy Mikolenko

Ukrainalik chap qanotda omadli "podkat"lar borasida yetakchilik qilmoqda. Mikolenko endigina 8 ta APL o‘yinida ishtirok etdi xolos. Shunga qaramay, u jamoasi uchun foydali bo‘lishga ulgurdi. "Everton"ning "Vest Xem" bilan o‘yinida Vitaliy eng yaxshi futbolchi bo‘lgandi.

Yarim himoya: Rodri

O‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisimi? Bo‘lishi mumkin. Harxolda, statistika Rodrini bu nomga da’vo qila olishini ko‘rsatadi. Ispaniyalik gollar urish bilan birga aniq paslar borasida yetakchilikka ega. 94 foiz aniqlik, Rodrining darajasidan dalolat beradi.

Yarim himoya: Jeyms Uord-Prouz

Jeymsni jarima zarbalari qiroli deyishadi. Haqiqatdan ham, hozir APLda unga teng keladiganini topish amri-mahol. Besh assist va ikki gol bilan Uord-Prouz ramziy terma jamoaga kirish uchun Gallaxer va Raysni ortda qoldirdi. Afsuski, shunday futbolchi Angliya terma jamoasiga chaqirilmayapti.

Yarim himoya: Jeyms Meddison

Ushbu mavsumda Angliya elitasidagi eng kreativ futbolchi bu Meddisondir. "Lester"dan olib kelingan yarim himoyachi, "shporlar" safida 3 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi. Yaratilgam vaziyatlar borasida unga yetadigani yo‘q. Ajoyib transfer!

O‘ng qanot hujum: Bukayo Saka

Saka doimgidek, o‘z jamoasi uchun o‘ta unumli harakatlari bilan yordam berib kelmoqda. 22 yoshli hujumchi "Arsenal"ning eng qimmat vakili bo‘lish bilan birga, eng mashhur nomga ham aylandi. Bu mavsumda "Star Boy" 4 ta gol va shuncha assist qayd etib turibdi. Shu jihatdan, u Salohdan afzal ko‘rildi.

Chap qanot hujum: Jeremi Doku

Doku shu yozda sotib olindi. 21 yoshli vinger kelishi bilan asosiy tarkibdagi Grilish o‘rnini tortib ola bildi. Doku "Bornmut"ga qarshi o‘tgan turda 4 ta assistga mualliflik qilib, 10 balldan 10 ballga ega bo‘lgandi.

Hujumchi: Erling Xoland

Inkor etmaysiz, inkor eta olmaysiz ham!
Xoland unumdorlik bo‘yicha o‘tgan mavsumdagidan ham yaxshilandi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Norvegiyalik gol-mashinasi hozirga qadar APLning o‘zida 13 ta gol urdi. Endigina 12 tur o‘tganini hisobga olsak, Xoland yomon ketmayapti. "Manchester Siti" rahbarlari esa hujum haqida o‘ylamasalar ham bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:02, 13.11.2023.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.