Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston terma jamoasining Turkmanistonga kirishi tartibi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasining Turkmanistonga kirishi tartibi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining Turkmanistonga kirish tartibi bir nechta bosqichni o‘z ichiga oladi:

1. Delegasiyaning har bir vakili Ashxobod aeroportida koronavirusga PSR-test topshiradi;

2. PSR-test topshirilgach, delegasiyaning har bir vakili uchun 31 AQSH dollaridan to‘lov amalga oshiriladi;

3. Kirish vizasini olish uchun pasport va Turkmanistonga kirish uchun taklifnoma taqdim etiladi va viza to‘lovini amalga oshirish uchun kvitansiya olinadi;

4. O‘zbekiston fuqarolariga kirish vizasi uchun 105 AQSH dollaridan to‘lov amalga oshirilgach, kirish vizasi qo‘yilgan pasport qaytarib beriladi.

Navbatda turishni qo‘shib hisoblaganda, bularning barchasi uchun 1,5-2 soat vaqt ketadi.

Dunyoning deyarli barcha aeroportlarida amaliyotdan chiqarilgan PSR-test tartibi - Turkmaniston g‘aznasi uchun haligacha daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 20:55, 14.11.2023.
O'qildi: 7928 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик