Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" "Atletiko"ning yo‘rig‘idan yurmoqchi emas

"Barselona" "Atletiko"ning yo‘rig‘idan yurmoqchi emas

Baho:
+ | -

"Barselona" ma’lum shartlar ostida "Atletiko"dan hujumchi Joau Feliksni sotib olishga tayyor.

Portugaliyalikning ijara muddati mavsum oxirigacha. Shartnoma sotib olish variantini o‘z ichiga olmaydi, biroq, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, "Atletiko" forvardni sotishdan 80 million yevroga yaqin daromad olmoqchi. Sport xabariga ko‘ra, "Barselona" hali ham futbolchini to‘liq sotib olishdan manfaatdor, biroq ancha arzonlashtirilgan narxda.

Joau Feliks “Barselona” safida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 05:41, 15.11.2023.
O'qildi: 2400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик