Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

APL klublarining natijalarini o‘tgan va yangi mavsumga taqqoslab ko‘ramiz

APL klublarining natijalarini o‘tgan va yangi mavsumga taqqoslab ko‘ramiz

Baho:
+ | -

"Aston Villa", "Liverpul" va "Vest Xem Yunayted" bu mavsumda eng yaxshilangan jamoaga aylandi. Agarda bu jamoalarning hozirgi va o‘tgan mavsum, 12 turidagi natijalariga nazar tashlasangiz, buni yaqqol sezasiz. Masalan, o‘tgan mavsumning ayni shu qismida "Aston Villa" Stiven Jerrard boshchiligida xavfli zonada borayotgandi. 12 oy o‘tgach, Unai Emeri birmingemliklarni turnirning eng barqaror jamoalaridan biriga aylantirdi.
"Liverpul"da bo‘lgan o‘zgarishlarni ham yuqori baholash mumkin. Mersisaydliklar o‘tgan mavsumning so‘nggi qismiga kelibgina natijalarini yaxshilay olgandi xolos. Ammo bu YECHL yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lgani yo‘q. Hozir hammasi o‘zgardi. Yangi futbolchilar bilan Klopp yana APL chempionligi uchun da’vogar jamoa tuza oldi.

Hayratlanarlisi shundaki, "Tottenxem"ning natijalarini taqqoslaganimizda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bu klubda unchalik ham farq katta emas. Vaholangki, bu mavsum Postekoglu shogirdlari fantastik start namoyish etib berishdi. Ikki mavsumda "shporlar" bir xil urilgan gollar ko‘rsatkichiga ega. Ammo Konte jamoasi Postekoglunikidan bittaga ko‘p gol o‘tkazgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham Konte davridagiga qaraganda, hozirgi "Tottenxem" ancha yaxshiroq. Xarholda, buni yevrokuboklardan butunlay bebahra qolib ketadiganga o‘xshamaydi.
"Nottingem"da ham xuddi "Tottenxem" kabi yaxshilanish kuzatilgan. Kuper jamoasi o‘tgan mavsum o‘rtalarida jadvalning ancha pastida edi. Bu narsa mavsum oxiriga qadar saqlanib qolganini alohida ta’kidlash joiz.

Deyarli o‘zgarishsiz qolgan jamoalar safida "Arsenal", "Brayton", "MYU", "Manchester Siti" hamda "Nyukasl"lar bor. Ularning barchasi nari-beri 3 ochko farq qayd etgan.
"Everton", "Vest Xem" va "Vulvz"larda vaziyat yaxshilangan bo‘lsa, "Chelsi", "Fulxem" va "Bornmut"da buning aksini ko‘rish mumkin.

Quyida sizga jamoalar va ularning ikki mavsumdagi taqqoslama jadvali taqdim etiladi.

1. "Man Siti"
Ochko ‐ +1
Gollar - -8
O‘tkazilgan gollar - -1
O‘rin ‐ +1

2. "Liverpul"

Ochko ‐ +7
Gollar - +3
O‘tkazilgan gollar - -2
O‘rin ‐ +6

3. "Arsenal"

Ochko ‐ -3
Gollar - -3
O‘tkazilgan gollar - -3
O‘rin ‐ -2

4. "Tottenxem"

Ochko ‐ +3
Gollar - =
O‘tkazilgan gollar - -1
O‘rin ‐ -1

5. "Aston Villa"

Ochko ‐ +14
Gollar - +20
O‘tkazilgan gollar - 0
O‘rin ‐ +9

6. "Manchester Yunayted"

Ochko ‐ 0
Gollar - -5
O‘tkazilgan gollar - -2
O‘rin ‐ +1

7. "Nyukasl"

Ochko ‐ -1
Gollar - +4
O‘tkazilgan gollar - +3
O‘rin ‐ -2

8. "Brayton"

Ochko ‐ -2
Gollar - +8
O‘tkazilgan gollar - +10
O‘rin ‐ -7

9. "Vest Xem"

Ochko ‐ +6
Gollar - +11
O‘tkazilgan gollar - +5
O‘rin ‐ +6

10. "Chelsi"

Ochko ‐ -5
Gollar - +5
O‘tkazilgan gollar - +4
O‘rin ‐ -4

11. "Brentford"

Ochko ‐ -1
Gollar - -1
O‘tkazilgan gollar - =
O‘rin ‐ -1

12. "Vulvz"

Ochko ‐ +6
Gollar - +11
O‘tkazilgan gollar - +4
O‘rin ‐ +6

13. "Kristal Pelas"

Ochko ‐ +1
Gollar - -1
O‘tkazilgan gollar - +1
O‘rin ‐ -2

14. "Everton"

Ochko ‐ +4
Gollar - +6
O‘tkazilgan gollar - +1
O‘rin ‐ +3

15. "Nottingem Forest"

Ochko ‐ +7
Gollar - +6
O‘tkazilgan gollar - -7
O‘rin ‐ +6

16. "Fulxem"

Ochko ‐ -6
Gollar - -11
O‘tkazilgan gollar - -1
O‘rin ‐ -7

17. "Bornmut"

Ochko ‐ -4
Gollar - +1
O‘tkazilgan gollar - +2
O‘rin ‐ -4.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:53, 15.11.2023.
O'qildi: 1654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.