Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Euronews telekanali millionlab tomoshabinlariga o‘zbek xokkeyining qayta tiklanishi haqida hikoya qildi

Euronews telekanali millionlab tomoshabinlariga o‘zbek xokkeyining qayta tiklanishi haqida hikoya qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda xokkeyning qayta tiklanishi haqidagi lavha mashhur Euronews telekanali orqali namoyish qilindi. Mavzuda asosiy e’tibor yoshlar terma jamoasiga qaratilgan.

Euronews jurnalisti Galina Polonskaya xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etib, yosh sportchilarning yuksak salohiyatini ta’kidladi.

Komanda sardori Jasurbek Rustamxonov o‘tgan yili Mo‘g‘ulistonda o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya chempionatining eng yaxshi xokkeychisi sifatida e’tirof etildi. O‘sha vaqtda u tomonidan kiritilgan 14 ta mahoratli gollar O‘zbekiston terma jamoasini mintaqa chempionati yetakchilari qatoriga olib kirdi.

O‘zbekistonda xokkeyning qayta tiklanishi yoshlarning sportning ushbu ommabop turi bilan shug‘ullanishlariga turtki bo‘lmoqda.

«Xokkey 30 yildan beri rivoj topmagan yangi sport turi desak, adashmaymiz, - deydi O‘zbekiston xokkey Federasiyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilov. – Biz uni qayta tiklab, yanada targ‘ib qilmoqchimiz. Federasiyamizning maqsadi – 2025-yilda xokkey bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqish».

Qisqa 5 yil ichida xokkey Federasiyasi nafaqat «Humo» xokkey klubini va mamlakatning muvaffaqiyatli yoshlar terma jamoasini yaratishga, balki o‘zbek xokkeyini muxlislarining sevimli o‘yiniga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Respublikamizning asosiy muz saroyi - Humo Arena majmuasida o‘yinlar rekord darajadagi tomoshabinlarni chorlamoqda va xokkey O‘zbekistonda eng ko‘p muhokama qilinadigan nufuzli sport turlaridan biriga aylanmoqda.

Va eng muhimi, Euronews muhbiri ta’kidlaganidek, O‘zbekistonda xokkeyni qayta tiklanishi sportsevar yoshlarni ilhomlantirib, ularni faol o‘yinlarga jalb qilmoqda, xokkey esa mamlakatdagi eng mashhur sport turlaridan biriga aylanmoqda.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 08:30, 16.11.2023.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик