"Barselona" hujumchi Vitor Rokening kelishini olti oyga kechiktirishi mumkin, deya xabar bermoqda Relevo nashri.
Avvaliga jamoa rahbariyati va bosh murabbiyi Xavi 18 yoshli braziliyalik futbolchini yanvar oyida jamoaga qo‘shmoqchi bo‘lgan, ammo sentyabr oyida to‘pig‘idan olgan jarohati va klubning moliyaviy qiyinchiliklari qo‘shilib, rejalarni o‘zgartirgan.
Futbolchining tiklanish jarayoni normal kechayotganiga qaramay, kataloniyaliklarning sport direktori Deku ehtiyotkorroq harakat qilishni afzal ko‘rmoqda.
Birinchidan, klub Rokeni maydonga qaytishga majburlamoqchi emas, ikkinchidan, mavsumning ikkinchi yarmida jamoaning yuqori maqsadlariga moslashishi kerak bo‘lgan Vitorga ortiqcha mas’uliyat yuklashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mish-mishlarga ko‘ra, "Atletiko Paranaense" forvard uchun 30 million yevro + yana 30 million bonus oladi.
Joriy mavsumda futbolchi 20 ta o‘yinda 20 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.