Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

8-«Oltin to‘p» sharafiga original sovg‘a!

8-«Oltin to‘p» sharafiga original sovg‘a!

Baho:
+ | -

Adidas kompaniyasi Lionel Messini 8-«Oltin to‘p» bilan alohida tabrikladi.

Germaniya brendi bu borada kreativ yo‘ldan borib, argentinalik uchun original sovg‘a hozirladi - 8ta uzuk. Kreativlik shuki, maxsus buyurtma asosida tayyorlangan taqinchoqlarning har biri Leoga qaysidir alohida muvaffaqiyati yoki harakatini eslatib turadi. Adidas vakillaridan ajoyib yurish!

Leoning 8ta uzukni taqib olgan holda tushgan suratlari birinchi bo‘lib, Adidas kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida paydo bo‘ldi. Tabiiyki, ular bir zumda butun internet olamiga ham keng tar­qaldi. Har bir uzukning Messi faoliyatidagi qaysidir muhim voqeaga bag‘ishlangani e’tiborga molik:

El Beso - Messining CHLdagi birinchi g‘alabasi (2009 yili) sharafiga

Apunta Al Cielo - Messining gollarni qo‘llarini osmonga qarata nishonlashi sharafiga (Leo 1998 yili vafot etgan buvisi Selinani shunday xotirlagandi).

GOAT - Xosep Gvardiola boshqaruvida o‘ynagan 2011 yilgi «Barselona» sharafiga

91 - 2012 yili Messi o‘rnatgan tarixiy rekord (u yil davomida 91ta gol urgandi) sharafiga 

Shuningdek, CHLdagi 4ta g‘alaba, 6ta «Oltin butsa», Amerika kubogi-2021dagi zafar va albatta, Argentina milliy jamoasining JCH-2022dagi chempionligi sharafiga atalgan uzuklar bor.

Adidas uzuklar to‘plami bilan cheklanib qolmay, 8-«Oltin to‘p»ga atab maxsus butsalar (cheklangan miqdorda)ni ham sotuvga chiqardi. Ular noyob dizayni bilan ajralib turadi. Oq-oltin tusli butsalarning bir tomonida 8ta «Oltin to‘p» tasviri, Argentina bayrog‘i, Messining o‘yinchilik raqami va GOAT yozuvi bor. Eng muhimi, butsalarning ikkinchi tomoni Messi oilasiga bag‘ishlangan: farzandlari va turmush o‘rtog‘ining ismlari, tug‘ilgan sanalari. Insayderlarning yozishlaricha, Leo yaqin orada shu butsada o‘ynay boshlaydi. Yangi modelning nomi ham jarangdor - AdidasxCrazyfast.1 Messi Ballon D’or.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:34, 18.11.2023.
O'qildi: 2498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик