Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fofana "MYU"ga o‘tishi mumkin

Fofana "MYU"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Monako" yarim himoyachisi Yusuf Fofana "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda Todofichajes nashri.

Manbaga ko‘ra, "mankunianliklar" 24 yoshli fransiyalik futbolchini kelasi qishda Saudiya Arabistoniga sotib yuborilishi mumkin bo‘lgan braziliyalik Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Agar bu kelishuv amalga oshsa, Fofana yanvar oyidagi transfer oynasida "qizil iblislar"ning asosiy maqsadiga aylanadi.

Fransiyalik futbolchining "Manchester Yunayted"ga o‘tish ehtimoli 25 million yevroga baholanmoqda. Uning "monegasklar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:24, 18.11.2023.
O'qildi: 2315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик