Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Sho‘rtan" klubining buguni haqida qisqacha

"Sho‘rtan" klubining buguni haqida qisqacha

Baho:
+1 | -

2013 yildan keyin boshqaruv tizimi tub islohotlarga muhtoj bo‘lib qolgan va oqibatda katta qarzdorlik bilan yashayotgan "Sho‘rtan" 2020 yilda klub bosh menejeri sifatida Shamil Yarulinni tanishtirdi. Pro ligada faoliyat olib borayotgan "Sho‘rtan" so‘nggi uch yilda katta hajmdagi ish bajardi:

• sobiq futbolchi va murabbiylardan qolib kelayotgan barcha qarzdorlik bartaraf etildi;

• tashkilot va korxonalar oldida vujudga kelgan qarzlar, ularning vaqtida to‘lanmasligi oqibatida paydo bo‘lgan penyalar to‘liq yopildi;

• FIFA diqqat markazida turgan legioner futbolchilar bilan bog‘liq barcha ishlar yopildi;

• COVID sabab 2020 yilda shifo markaziga aylantirilgan klub bazasi va sport majmuasi qayta faoliyat boshladi, natijada "Sho‘rtan" akademiyasi o‘z faoliyatini tikladi;

• "Sho‘rtan" Pro liga vakili bo‘lsa-da, OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi;

• klub qoshida tikuv sexi faoliyat boshlagan bo‘lib, bugunga kunga kelib mazkur sex barcha yosh toifasidagi jamoalarni o‘zi ekipirovka bilan ta’minlaydi;

• Liga talabidan kelib chiqib, stadion projektorlari yorug‘ligi darajasi 1400 lyuksga yetkazildi.

Bu vaqt davomida "Sho‘rtan" legionerlar, qimmat futbolchilar haqida emas, poydevor haqida qayg‘urdi. Stadion, akademiya, bazadagi avariya holatida bo‘lgan ayrim ob’ektlar moderenizasiya qilindi. Endi 2024 yildan boshlab "Sho‘rtan" sekin-asta nisbatan raqobatbardosh tarkib shakllantirishni rejalashtirgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:40, 18.11.2023.
O'qildi: 1924 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.