Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Yozda "Real" qo‘ldan chiqargan futbolchilar: ular kimlar edi?

Yozda "Real" qo‘ldan chiqargan futbolchilar: ular kimlar edi?

Baho:
+ | -

"Real" yozda o‘zining eng katta maqsadlaridan biri bo‘lgan Jud Bellingemni sotib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo reja shu bilan to‘liq bajarilgani yo‘q. O‘tgan mavsumda na La-liga va na YECHL qo‘lga kiritildi. Shu sabab kattaroq va ko‘proq futbolchilar olib kelinishi kerak edi. Quyida "qirollik klubi"ning yetisha olmagan nishonlariga e’tiboringizni qaratamiz.

Kilian Mbappe

O‘tgan yoz ham boshqalari kabi Mbappe muammosi bilan kechdi. Ammo fransiyalik hujumchi yana Parijda qolishga majbur bo‘ldi. U "PSJ" bilan shartnomasini ortiq uzaytirmasligini bildirgandi. Bu esa ko‘pchilikda "Real" maqsadiga erishadi degan xulosaning shakllanishiga olib keldi. Afsuski, hali bunday bo‘lgani yo‘q. Nima bo‘lishini esa keyingi yozda bilib olamiz.

Gabri Veyga

Veyganing Saudiya Arabistoniga 21 yosh bo‘la turib ketib qolishi, Toni Kroos tomonidan tanqid ostiga olingandi. Nemis yarim himoyachisi bu holatga "uyatli" deya ta’rif beradi. Veyga ispan futbolining kelajagi sifatida qaralayotgandi. "Selta" tarkibida yarim himoyachining o‘yinlari yorqin ko‘rindi. Ammo, hozir u "Al-Ahli" bilan yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti.

Gonsalu Inasiu

Portugaliyalik markaziy himoyachi "Sporting" akademiyasidan chiqqan javohirlardan biridir. Inasiu hozirgacha jamoasi uchun yuzdan ortiq bahslarda ishtirok etdi. Unda Yevropaning eng yaxshisi bo‘lishi uchun hamma narsa mavjud. "Real" 22 yoshli futbolchini yozdayoq o‘ziniki qilmoqchi edi. Biroq, Inasiu qolishga qaror qildi. Ayni damda unga "Liverpul", "MYU" hamda "Nyukasl" jiddiy qiziqish bilan qaramoqda. Inasiuning tovon puli 60 million funtga teng.

Alfonso Devis

David Alaba "Real"ni Alfonso Devis xaridiga undagani haqida xabarlar mavjud edi. Haqiqatdan ham madridliklar Kanada terma jamoasi a’zosiga qiziqish bildirgan. 23 yoshli himoyachining amaldagi bitimi 2025 yilda yakun topadi. Keyingi yozda Alfonso o‘z taqdirini hal qilishi kerak. Xabarlarda, uning o‘zi "Real"ni ma’qul ko‘rayotgani aytilgan.

David De Xea

De Xeaning "Real"ga o‘tishi kerakligi haqidagi gaplardan keyin, oradan sakkiz yil o‘tdi. Yozda De Xea erkin agent edi. Ammo bu imkoniyatdan Anchelotti foydalanmadi. Kurtua safdan chiqqach, De Xea qisqa muddatli shartnoma bilan olib kelinishi kerak bo‘lgan. Biroq, "Real" Kepa Arrisabalagani tanladi. Shu sabab 33 yoshli De Xea haligacha erkin agent maqomida qolmoqda. Unga hozir AQSH va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar bo‘lmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:00, 20.11.2023.
O'qildi: 6154 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.