Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Futbol menejeri German Tkachenko: «Abbosbek Fayzullayev borasida “SSKA” murabbiylar shtabida shubha bor edi»

Futbol menejeri German Tkachenko: «Abbosbek Fayzullayev borasida “SSKA” murabbiylar shtabida shubha bor edi»

Baho:
+ | -

Taniqli futbol menejeri German Tkachenko o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevning qanday qilib “SSKA” safiga o‘tgani haqida gapirib o‘tdi.

"Fayzullayev borasida “SSKA” murabbiylar shtabida shubha bor edi, lekin transfer narxining arzonligi bu shubhalarga barham berdi. Biroq, Abbosbekning muvaffaqiyati ham aynan murabbiylar shtabi tufayli.

Biz, albatta, umid qilgandik, ammo bunchalik tez bo‘lishiga ishonmagandik.

Boshqa jamoalarda ham Fayzullayevga qiziqish bor edi. “Lokomotiv”? Yo‘q. Ular bunday futbolchi borligini bilgan, lekin bu haqida umuman gapirishmagan. “Dinamo”ni Abbosbekni olish uchun ko‘ndirishga uringandik. Biroq, ular ham jim turgan.

Aprel oyida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Abbos eng yaxshi futbolchi bo‘lganidan so‘ng, “SSKA” uni kuzatishini va ijaraga olishi mumkinligini aytdi.

Ikkita klub Fayzullayevni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagandi. Ular “Nijniy Novgorod” va “Alaniya”. “Alaniya”da juda yaxshi skautlar ishlaydi.

Qishda Abbosbek “SSKA”ni tark etmaydimi? Yo‘q.

Turkiyada 3-4 millionlik takliflar tushgan? Menimcha, “SSKA” bunday pullarga e’tibor qaratmaydi. Futbolchi bahorda ham o‘sishda davom etsa, bu 3-4 million uch karraga oshadi", — dedi German Tkachenko.

Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum RPLda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:01, 21.11.2023.
O'qildi: 5791 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик