Madridning "Real" klubi hujumchisi Xoselu terma jamoadagi tanaffus vaqtida jarohat olgan madridliklar yarim himoyachisi Eduard Kamavinga va vingeri Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
"Tushkunlikku tushmang, do‘stlar! Tez orada bundan ham ko‘proq gollarni birga nishonlaymiz”, - deb yozdi Xoselu ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Kamavinga Fransiya terma jamoasi mashg‘ulotlarida tizzasidan jarohat olgan edi. O‘z navbatida Vinisius Kolumbiya bilan JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Janubiy Amerikadagi so‘nggi o‘yinda (2:1) chap oyog‘ining sonidan jarohat oldi.