O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionatining nimchorak finali doirasida Angliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz ko‘k-oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvda foliyat olib boradigan hakamlar nomi ma’lum. Bosh hakam — Selvin Bravn (Gonduras). Unga qanotlarda Gerson Orellana (Gonduras) va Aguirre Arias (Nikaragua) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Daxane Beidaga (Mavritaniya) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya — O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin 22 noyabr soat 13:30 da start oladi.