Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Tottenxem" futbolchisini "Barselona"ga qo‘yib yubormaydi

"Tottenxem" futbolchisini "Barselona"ga qo‘yib yubormaydi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" yarim himoyachisi Jovani lo Chelsoning "Barselona"ga o‘tishi dargumon.

Argentinalik futbolchi uzoq vaqtdan buyon kataloniyaliklar qiziqish bildirayotganlar qatorida qayd etilgan, Gavi yaqinda jarohat olganidan so‘ng OAVda 27 yoshli futbolchining Kataloniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi. Biroq, The Standard nashriga ko‘ra, "Tottenxem" yanvar oyida Lo Chelsoni "Barselona" yoki boshqa klubga qo‘yib yubormaydi. "Shporlar" jarohat bilan bog‘liq muammolardan xavotirda, shuning uchun ular hatto asosiy tarkibga kiritilmagan futbolchilar bilan ham xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Jovani lo Chelso joriy mavsumda “Tottenxem”ning atigi to‘rtta uchrashuvida qatnashdi. Transfermarkt yarim himoyachining narxini 14 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:52, 22.11.2023.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик