Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hozircha iste’foga chiqish niyatida emas.
45 yoshli argentinalik mutaxassis qaror qabul qilish uchun biroz vaqt talab etadi. Mutaxassis o‘z shahriga qaytib, keyin futbol federasiyasi bilan muzokara o‘tkazib, nima qilish kerakligini hal qiladi.
Skaloni yaqin bir necha soat ichida qaror qabul qilishni rejalashtirmayapti, shuning uchun u Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib qoladi.
Argentinaliklar 15 ochko jamg‘arib, JCH saralash turnir jadvalida 1-o‘rinni band etishdi. Braziliyaliklar 7 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.