Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futzal. O‘zbekiston dramatik o‘yinda Yaponiya bilan durang o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Futzal. O‘zbekiston dramatik o‘yinda Yaponiya bilan durang o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi dramatik tarzda kechdi.

Bahsning 5-daqiqasida Jamshid Rahmatullayev hisobni ochgan bo‘lsa, yaponiyalik Takumi Nagasaka bir daqiqa ichida ikkita gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Kunchiqar yurt vakillari taym tugashiga 5 daqiqa qolganida uchinchi golni ham urishdi.

O‘zbekiston esa ikkinchi bo‘limda tajovuzkorlikni oshirdi hamda 26 va 36-daqiqalarda ikkita to‘p kiritib, hisobni tenglashtirdi. Ammo 38-daqiqada Yaponiya tezkor hujum evaziga yana oldinga o‘tib oldi.

O‘yin tugashiga 15 soniya qolganida esa yaponiyalik himoyachi o‘z jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun penalti belgilandi. Ilhom Hamroyev tomonidan 6 metrdan yo‘llangan zarba natijasida to‘p ustunga tegib maydonni tark etdi.

Shu tariqa, juda qiziqarli kechgan o‘yinda O‘zbekiston amaldagi Osiyo chempioni bilan durang o‘ynash imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi kechagi o‘yinda yaponlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Futzal. O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston - Yaponiya - 3:4
Gollar: Jamshid Rahmatullayev (5), Elbek To‘lqinov (26), Ilhomjon Hamroyev (36) – Takumi Nagasaka (5, 6), Sora Kanazava (15), Yuto Tutsumi (38).
Noaniq penalti: Ilhom Hamroyev (40)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:03, 23.11.2023.
O'qildi: 1861 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.