Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Sergey Arslonov: «Mavsumni kuchli oltilikda yakunlashga harakat qilamiz»

Sergey Arslonov: «Mavsumni kuchli oltilikda yakunlashga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Paxtakor» (1:2) uchrashuvidan so‘ng termizliklar ustozi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Dastlab «Paxtakor» jamoasini navbatdagi chempionligi bilan tabriklayman. O‘yin haqida nima deyishim mumkin? «Paxtakor»ni bugungi jangovar harakatiga, kuchli o‘yiniga qarshi turish ancha qiyin bo‘ldi, ayniqsa, birinchi taymda. Yigitlar ikki to‘p farqi bilan ortda qolayotganlarida ham qo‘llarini pastga tushirmadilar va astoydil harakat qilishdi.

Ular o‘yinni saqlab qolishga jon-jahdlari bilan kurashishdi va hatto bir bor gol ham urdilar. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilishgan bo‘lsada, ammo bunga imkon bo‘lmadi.

Futbolchilarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman va shu o‘rinda ishqibozlarimizga ham alohida rahmat. Afsuski, bugun ularga xursandchilik ulasha olmadik.

Ha, biz vaziyatni tushunib turibmiz. Chempionatimizdagi har bir uchrashuv va tur juda qiziqarli davom etyapti. Shunday bo‘lsada, maqsadimiz bitta: keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonish. Qo‘limizdan kelganicha 6-o‘rinni egallashga harakat qilamiz va bor kuchimizni ishga solamiz.

Surxon mavsumni qanday o‘tkazdi? Yaxshi, o‘rinli va shuningdek qiyin savol. Oldimizda yana bitta o‘yin borligi sababli bu haqida fikr bildirishim qiyinroq. To‘g‘risi, ko‘pchilik «Surxon»dan bunday natijalarni kutmagandi.

Qo‘limizdan kelganicha yuqori o‘rinlardan birini egallashga harakat qilyapmiz. Jamoamiz hali yosh. Mavsum tugaganidan so‘ng to‘liq taassurotlarim haqida aytishim mumkin», – dedi Arslonov.

Kiritildi: 23:35, 24.11.2023.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.