Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda da’vo qilinadigan «Man Siti» qanday qilib rekord daromadlar ko‘ryapti?

Moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda da’vo qilinadigan «Man Siti» qanday qilib rekord daromadlar ko‘ryapti?

Baho:
+ | -

2022/2023 yilgi mavsumda «Man Siti» 47 ta brend bilan hamkorlik qildi - biroq bu hali chegara emas. «Manchester Siti» treblga erishgan fenomenal 2022/2023 yilgi mavsumdan keyin ham sekinlashmayapti. Joriy mavsumda «shaharliklar» Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqdalar va o‘zlarining Chempionlar Ligasi guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqish huquqini qo‘lga kiritishmoqda. Jamoa va rahbariyatning kayfiyatiga ketma-ket ikkinchi yil rekord daromad va foyda haqida e’lon qilingan hisobot qo‘shildi.

«O‘tgan mavsum «Manchester Siti» uchun eng muvaffaqiyatli futbol va tijorat mavsumi bo‘ldi, bu bizning falsafamiz va izchil yondashuvimiz ishlayotganini isbotladi», - dedi «Manchester Siti» prezidenti Xaldon Al Muborak. – «U uchta asosiy elementga asoslanadi: hayajonlantiradigan, zavqlantiradigan va g‘alaba qozonadigan jamoani yaratish; klubning tijorat va moliyaviy holatini mustahkamlash; o‘sib borayotgan jamoalarga xizmat qilish qobiliyatini oshirdi. Biz bu elementlarning har birini bir xil darajada muhim va bir-biriga to‘liq bog‘liq deb hisoblaymiz».

Reklama, translyasiya va o‘yin kunlaridan tushgan daromad yanada ortdi. Oktyabr oyi oxirida «Manchester Siti» France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi - Parijda Chempionlar ligasi g‘oliblari maxsus sovrinni qabul qilib olishdi. Klub mavsumiy daromad bo‘yicha Angliya futbolida yangi rekord o‘rnatganidan so‘ng, alohida mukofotni taqdim etishning zarari bo‘lmaydi - oxirgi nashrda «Man Siti» 712,8 million funt sterling ishlab oldi, bu avvalgi 12 oyga nisbatan 99,8 million funt sterlingga ko‘p. Foyda 80,4 million funt sterlingni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi rekord 41,7 million funtdan deyarli ikki baravar ko‘p deganidir.

Umuman olganda, «Siti» uchta asosiy yo‘nalishda o‘sishni ko‘rsatdi: reklama, translyasiya va o‘yin kunlari. O‘yin kunidagi daromad qisman «Etihad»dagi qo‘shimcha to‘rtta o‘yin tufayli 71,9 million funt sterlingga o‘sdi, bu avvalgi mavsumga nisbatan 17,4 million funtga ko‘p. O‘tgan mavsumda televideniye daromadi Chempionlar ligasi finaliga chiqish va musobaqada g‘alaba qozonish evaziga 50,4 million funt sterlingga ko‘tarilib, 299,4 million funtni tashkil etdi.

Shunga qaramay, tijorat daromadi 341,4 million funt sterling (32 million funt sterlingga oshish) bo‘lgan eng kuchli nuqta bo‘lib qoldi. Bunga bir qator yangi homiylik shartnomalari yordam berdi. O‘tgan mavsumda «Siti» Yaponiyaning «Asahi» ichimliklar kompaniyasi, LeoVegas va 8Xbet bukmekerlik kompaniyalari, shuningdek, Nexe Shire shinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, Asronix kiberxavfsizlik provayderlari va Unilumin displey provayderlari bilan shartnomalar tuzdi. Umuman olganda, Global Data hisobotiga ko‘ra, «Man Siti» 2022/2023 yilgi mavsumda 47 ta brend bilan hamkorlik qilgan, ulardan uchta kompaniya asosiy daromad keltiradi: Puma kiyim va poyabzal brendi, Etihad Airways aviakompaniyasi va OKX kriptovalyuta birjasidir.

Jamoa 2022 yildan beri OKX bilan hamkorlik qilib keladi va bir necha oy oldin hamkorlikni «kengaytirdi va chuqurlashtirdi» - Forbes yangi uch yillik shartnomani 55 million funt sterlingga baholaydi. E’tiborlisi, shartnoma imzolanganidan ko‘p o‘tmay Seyshel orollariga asoslangan birja BAAda faoliyat yuritish uchun lisenziya oldi - hukmron qirollik a’zosi Shayx Mansur Abu Dabi amirligi oilasi, «Siti» egasi hisoblanadi. O‘tgan yil davomida OKX Avstraliya olimpiya terma jamoasi, Formula 1 jamoasi McLaren, golfchi Ian Poulter, snoubordchi Skotti Jeyms va poygachi Daniyel Rikkardo bilan ham hamkorlik qilishini e’lon qildi.

«Shaharliklar» rahbariyati, ayniqsa, bajarilgan ishlardan mamnun, chunki klubning umumiy daromadi 712,8 million funt sterling bo‘lib, uning qo‘shnisi «Manchester Yunayted»ning daromadidan 64,4 million funtga oshgan. Muhim nyuans shundaki, «Siti»ning daromadi oxirgi uch mavsumning har birida tarixiy raqiblarinikidan oshib ketdi.

Xoland haftasiga deyarli 1 million funt maosh oladi

«Siti», agar rekord o‘rnatsa, buni to‘plamlarda amalga oshiradi. Bundan tashqari, navbatdagi yutuq davomida «shaharliklar» ish haqi varaqasidagi o‘sish salbiy ma’noga ega degan umumiy qabul qilingan fikrni rad etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsumda maoshlar deyarli 20 foizga o‘sdi - 353,8 million funtdan 422,9 million funtgachacha. Bu «Manchester Yunayted»ning 2021/2022 yilgi mavsumdagi avvalgi darajasidan deyarli 42 million funtga ko‘p. Ish haqi miqdori ko‘payib ketganiga qaramay, maoshlarning «Siti» umumiy aylanmasiga nisbati 59% bo‘lib qoldi - bu o‘tgan mavsumdagidan biroz yuqoriroq. UYEFAning klub daromadining 70% dan ko‘p bo‘lmagan qismini maoshlarga sarflash haqidagi tavsiyalari fonida rekord ko‘rsatkich juda maqbul ko‘rinishi muhim. Shunday qilib, hamma narsa nazorat ostida.

Shahar raisi Al Muborak ish haqining oshishini (o‘rtacha har bir «shaharlik» o‘yinchisi haftasiga 195 000 funt sterling oladi) sovrinlar yutug‘i va ko‘rsatkichlari uchun to‘langan bonuslar bilan bog‘ladi. «Trebldan keyin odamlar mendan tez-tez so‘rashadi: «Bu yutuqni qanday qo‘lga kirityapsiz?» Javob oddiy – ertangi kunga sarmoya kiritishga tayyormiz. Bu belgilangan chegaralarni buzib tashlash va muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li», - deya ta’kidladi funksioner.

«Siti»ning maoshi uchun eng katta yukni hujumchi Erling Xoland o‘z zimmasiga oladi. Uning haftalik maoshi 375 000 funt sterlingni tashkil qiladi, biroq har xil bonuslari va boshqa yutuqlar Erlingning maoshini haftasiga 865 000 funt sterlingga yetkazadi. Bu hujumchini Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Taqqoslash uchun, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening maoshi (jamoaning ikkinchi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi) 416 000 funt sterlingni tashkil qiladi.

«Siti»ning so‘nggi yillardagi yana bir kuchli tomoni - kiruvchi va chiquvchi transferlardir. «Siti» 2022 yilda 21 yoshli Xolandga sarmoya kiritib, to‘xtatib bo‘lmaydigan norvegiyalik futbolchi uchun 51 million funt to‘lagan. Bu misol «Siti» qanday qilib mukammal vaqtda to‘g‘ri o‘yinchilarni nishonga olishini yaqqol ko‘rsatib turibdi va natijada rekord daromad keltirdi. Savdo bo‘yicha ham klubga teng keladigani yo‘q: o‘tgan yili Raxim Sterling va Gabi Jezus uchun jami 92,5 million funt sterling ishlab oldi. Bu ijrochilar «Etihad»da o‘z sikllarini tabiiy ravishda yakunlashdi - ular jamoada charchagan edilar, lekin hali ham bozorda yuqori baholangan.

«Siti» brendining qiymati 1,51 milliard funt sterlingni tashkil etadi, bu «Real» va «Manchester Yunayted»dan ko‘proq

2022/2023 yilgi mavsumdagi ikkita transfer oynasi natijalariga ko‘ra, «shaharliklar» o‘yinchilarni sotishdan 121,7 million funt sterling miqdoridagi o‘z tarixidagi rekord natijaga erishdi. Bu ko‘rsatkich «Chelsi»ning 2021/2022 yilgi mavsumda ishlab topgan 123,1 million funt sterlingidan bir oz kamroq. «Siti» o‘z futbolchilarini sotishda muvaffaqiyat qozondi – so‘nggi besh yil ichida klub o‘z iste’dodlarining transferlaridan 330 million funt sterlingdan ko‘proq daromad oldi. «Siti»ning bu yo‘nalishdagi ajoyib ishining eng yaxshi namunasi yarim himoyachi Koul Palmerning «Chelsi»ga sotilishidir. Joriy yilning 1 sentyabrida 42 million funt sterling bo‘lgan bo‘lsada, bu transfer keyingi mavsumning maoshiga kiritiladi.

«Siti»ning yana bir yutug‘i - Brand Finance Football 50 reytingida birinchi o‘rinni olganligida. «Siti» brendining qiymati 1,51 milliard funt sterlingni tashkil etadi, bu «Real Madrid» (1,46 milliard funt) va uchinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted» ko‘rsatkichlaridan ko‘p. Siti, shuningdek, Deloitte Football Money League reytingida ketma-ket ikkinchi yil Yevropa futbol klublari orasida eng yuqori daromadga ega bo‘lib, ikkinchi o‘rindagi «Real Madrid»ni ortda qoldirdi.

Klub aprel oyida Premyer-liga tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlik bo‘yicha yuzdan ortiq ayblovlar fonida shunday aqldan ozdiradigan yutuqlarni namoyish etmoqda. Odatda, klubning moliyaviy hisobotlarida uning kelajakdagi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday joriy risklar oshkor qilinadi. «Xavflar va noaniqliklar» bo‘limida «mankunianliklar» Premyer-liga tomonidan o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlaydilar, ammo ular qoidalarni buzmaganliklarini ham ta’kidlaydilar.

Kiritildi: 12:35, 25.11.2023.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.